14.03.2025
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Adolat” SDP rahbariyati, masʼul xodimlari ishtirokidagi yig‘ilishda davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy Kengashning kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar muhokama qilinib, quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi:
- korrupsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning joylardagi ijrosi ustidan parlament va deputatlik nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashish;
- hududlarda va sohalarda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni partiyaning parlamentdagi fraksiyasi orqali qonunchilik tashabbusi asosida qonun loyihalariga aylantirish;
- taʼlim muassasalarida, mahallalar va mehnat jamoalarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- joriy yilning aprel oyida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni o‘tkazish v.b.