Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusi ostida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi.





  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 202З-уil 27-noyabrdаgi PF-200-sonli Fаrmоni bilan tasdiqlangan davlat dasturining 19-bandida kо'rsatilgan vazifalarning ijrosini hamda Institut rektorining 22-maydagi 105-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida institutida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusi ostida bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov yoshlarga korrupsion holatlarni yuzaga keltirmasligini, holatga duch kelgan ishonch telefonlari murojaat qilishlarini aytib o’tgan holda barcha yigit-qizlarga omad tiladi!

 


# # # # # # #

   Bellashuvning asosiy maqsadi – yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashda faollikka chorlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida chuqurroq tushunchalar berishdan iborat. Tadbir davomida talaba-yoshlar turli savol-javoblar va muhokamalar orqali bilimlarini namoyish etdilar.

  Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning vazifamiz!