Namangan to‘qimachilik sanoati institutida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Ergashev tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.





Yig‘ilishda Ma’naviy ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor J.Yuldashev, institutning barcha kafedra mudirlari, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i S.Yusupov, registrator ofisi boshlig‘i S.Isakov, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A.Abduraxmonov, Sirtqi va kechki bo‘lim boshlig‘i Sh.Imomkulov, ATM boshligʻi, barcha tyutorlar, Matbuot xizmati boʻlim boshligʻi M.Obidjonov xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 


# # # # # # # # # #

🔺Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baxolash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024 yil 2 dekabrdagi 452-son hamda 6 dekabrdagi 457-sonli buyrug‘ini 2.3.2.5-bandlari asosida berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash vazifasi masullar tomonidan bajarlishi belgilandi. Ushbu buyruqdan kelib chiqib, kuzgi simester davomida o'tilgan fanlar bo'yicha yozma va test shaklidagi yakuni nazoratlarni sifatli va shaffof tashkil etilishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan auditoriyalar yetarlicha kompyuter qurilmalari va kuzatuv kameralari bilan jixozlangan bo‘lishligi va jarayon to‘liq onlayn tarzda internet tarmog‘iga uzatilishi, hamda, yakuniy nazorat jarayonlarining videoyozuvlari saqlab qo‘yilishi aytib o‘tildi. Ushbu topshiriqni institut ATM rahbari to‘liq nazoratga olishi belgilab qo‘yildi.

🔺Bundan tashqari yakuniy nazoratlar o‘tilgan fanlarning xususiyatidan kelib chiqib, yozma yoki amaliy tashkil etiladigan imtixonlar ham kuzatuv kameralari bilan jixozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishi va ularda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlarni barcha kafedra mudirlari nazoratini olishligi ta’kidlib o‘tildi.

🔺Ushbu yig‘ilishda, kelasi xaftadan ayrim ta’lim yo‘nalishlarida malakaviy amaliyotlar boshlanishi munosabati bilan, tegishli kafedra mudirlari va fan o‘qituvilar tomonidan jiddiy nazoratga olinishi va malakaviy amaliyotlarni sifatli va o‘z vaqtida tashkil etilishi aytib o‘tildi.

🔺Yig‘ilishda ta’limy sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i S.Yusupov, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i A.Usmanov va registrator ofis bo‘limi boshlig‘i S.Isaqovlar tomonidan yuqoridagi masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad, talabalarga sifatli bilim berish pirovardida ularning egallagan bilimlarini shaffof va adolatli tarzda aniqlash ham juda muhim ekanligi jiddiy tarzda ta’kidlab o‘tildi.