https://namspi.uz/uploads/45d83b7abf24eebf03988c0af7f87b14.jpg
Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan bir qator muhim tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu faoliyatlar korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va ijtimoiy ongni yuksaltirishga qaratilgan.
Asosiy tadbirlar:
- “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan jami 5 ta targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi:
▫️ 3 ta davra suhbati,
▫️ 2 ta uchrashuv, shundan 2 tasi huquq-tartibot organlari vakillari ishtirokida tashkil etildi.
- Tadbirlar davomida jami 200 nafardan ortiq talaba-yoshlar (kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha) hamda 100 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Ijtimoiy aksiyalar:
- Talabalar tomonidan korrupsiyaga qarshi 2 ta videorolik tayyorlanib, institutning rasmiy kanallariga joylashtirildi.
- “STOP KORRUPSIYA” chellenji ikki marta muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Tanlovlar:
“Aksilkorruptsiya oyligi” doirasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida:
- Eng yaxshi rasmlar,
- Eng yaxshi insholar,
- Eng yaxshi videoroliklar tanlovlari tashkil etildi.
Ushbu chora-tadbirlar talaba-yoshlar va institut xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi tushuncha va masʼuliyatini oshirishga, shuningdek, bu borada jamiyatda faollik ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.