Oliygohimizda "Rahbar xodimlar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi





  Namangan to‘qimachilik sanoati instituti "Aksilkorrupsiya kovorking markazi"da talabalar va rahbar xodimlar o‘rtasida ochiq muloqotga asoslangan "Rahbar xodimlar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Ergashev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i S.Yusupov, Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i A.Usmanov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo'lim boshlig'i K.Sotvoldiyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

  Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni ochiq va erkin tarzda berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ular stipendiyalar, sport va madaniy tadbirlar, fan va innovatsiyalar, xorijiy almashinuv dasturlari, o‘quv jarayonidagi yangiliklar kabi mavzularda o‘z taklif va fikrlarini bildirishdi.

 


# # # # #

   Rahbariyat tomonidan talabalarning fikr va takliflari diqqat bilan tinglanib, muammolarni hal etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlarning faolligini oshirish, ularni ilmiy-tadqiqot ishlari va loyihalarga keng jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.