Namangan toʼqimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan





   Namangan toʼqimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi 2024-2025 oʼquv yili uchun institutning tarkibiy tarmoqlari bilan xamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʼlgan profilaktik tadbirlar boʼyicha ish-rejalari tuzilib, tasdiqlandi. Ish-rejaga asosan sentabr-oktabr oylari davomida jami 10 marotaba targʼibot ishlari olib borildi (3 marotaba davra suxbatlari, 2 marotaba seminar va 5 marotaba uchrashuvlar). Shundan 2 marotaba xuquq-tartibot idoralari xodimlarini jalb qilgan holda tadbirlar tashkil etildi. Targʼibot tadbirlariga jami 200 nafardan ortiq kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim yoʼnalishi talaba yoshlari, xamda 100 nafar professor-oʼqituvchilar va ishchi xodimlar ishtiroki taʼminlandi.


# # # # # # # # # #

   Talabalar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid 1ta videorolik tayyorlanib, institutning rasmiy kanaliga joylashtirildi, 1 marotaba “STOP KORRUPSIYA” chellenji oʼtkazildi.
   2024-yil sentabr oyida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha “Talaba yoshlar klubi.” tarkibi yangilanib qayta tashkil etildi va birinchi yigʼilishi oʼtkazildi. Klubda jami 21 nafar aʼzo faoliyat yuritadi.
   9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yoʼq deydi!” mavzusi boʼyicha Bilimlar bellashuvi tanlovini oʼtkazish boʼyicha eʼlon berildi.
   edo.ijro.uz platformasi orqali Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kelib tushgan 24 ta topshiriqlar ijrosi oʼz vaqtida bajarilib, ijrosi yuzasidan maʼlumotnomalar yuborildi.