O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushiriladi





   2025-yilning 1-yanvaridan boshlab faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan mazkur platforma orqali barcha foydalanuvchilar ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda bepul taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi. Davlat xizmatchilari esa, maxsus o‘quv kurslarida har 3 yilda bir marta majburiy malaka oshiradilar.

   Virtual akademiyada:
- korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari;
- korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosati;
- korrupsiya jinoyatlarining huquqiy oqibatlari va jamiyat rivoji uchun salbiy ta’siri hamda boshqa bilim va ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

 Batafsil yuqoridagi infografikada