Yakuniy Imtihonlar Oldidan Davra Suhbati Tashkil Etildi





Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining guruh sardorlari uchun yakuniy imtihonlar oldidan uchrashuv tashkil etildi.

Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A. Usmonov talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

 


# # # # # # #

Uchrashuv davomida quyidagilar ta’kidlandi:
🔹Ta’lim jarayonlarida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ularga aralashmaslik;
🔹 Korrupsion holatlarga aralashishning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi;
🔹 Agar bunday holatlarga duch kelingan taqdirda, bu haqda darhol institutning @NamTSI_karrupsiya_bot Telegram kanali yoki (93)-677-26-77, (55)-255-43-04 ishonch telefonlariga xabar berish zarurligi;
🔹 Qonun talablariga to‘liq rioya qilish har bir talabaning majburiyati ekani.

Institutda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, talabalar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish va imtihon jarayonlarini adolat tamoyillariga mos o‘tkazishni ta'minlashdan iborat.