https://namspi.uz/uploads/4cd8633599e8bd46566f9432e915860a.jpg
Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida doktorantura va tayanch doktorantura uchun imtihonlar adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi. Imtihon jarayonlari institut rahbariyati tomonidan yuqori darajada tashkil etilib, barcha talabgorlar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Imtihonlarni institut rahbariyati ochib berib, barcha talabgorlarga muvaffaqiyat tiladi. Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) orqali hujjatlarini topshirgan talabgorlar belgilangan ixtisosliklar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida jarayon Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov tomonidan nazorat qilindi va onlayn translyatsiya qilindi.
Doktorantura qabul 1-kun davomi
Doktorantura qabul 2-kun davomi
Ushbu sinov jarayonlari yurtimizda yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.