Institutda "Yoshlarning ma'naviy axloqiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari"mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.





  Namangan toʻqimachilik sanoati instituti “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A. Usmonov hamda psixolog E. Soliyev tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda yoshlar orasida psixotrop moddalar va buzg‘unchi g‘oyalarning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

  Psixotrop vositalarning xavflari:
Ushbu moddalar insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga zarar yetkazib, bepushtlik, erta o‘lim va boshqa jiddiy muammolarga olib keladi.

 


# # #

   Buzg‘unchi g‘oyalardan ogohlik:
  Ekstremizm va radikalizm kabi zararli mafkuralardan yoshlarni himoya qilish, ularning maʼnaviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan tushunchalar berildi.

  Bu kabi tadbirlar yoshlarning sog‘lom va maʼnaviy jihatdan yetuk avlod bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.