Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni





 Bugun, Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

   Tadbirda ishtirok etishdi:
- J. Yuldashev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor;
- A. Usmanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” bo‘limi bosh mutaxassisi;
- K. Umarov, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
- A. Tojiboev, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;
- H. Mirzaboev, “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” bosh mutaxassisi.


# # # # # # #

- Talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalarini yoritish;
- Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonuniy hujjatlar haqida tushunchalar berish;
- Reklama faoliyati va raqamli transformatsiya sohasidagi yangiliklarni taqdim etish.

   Ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.