"Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha uchrashuv"





26-noyabr kuni institutning Ilmiy Kengashlar xonasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-sonli qaroriga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

  Kun tartibi:
- “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning asosiy qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
- Huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi ko‘rib chiqildi.
- Dunyo davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tajribasi taqdim etildi.

  Uchrashuv institut rektori prof. Q.M. Xoliqov boshchiligida o‘tkazilib, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Shuningdek, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori J.Yo’ldashev, uchrashuvda ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.


# # # # # #

  Davlatobod tumani prokuraturasi vakili E. Isroiljonov qonun hujjatlarining amaliy ahamiyatini ta’kidlab, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha huquqiy masalalarni tushuntirdi. Institutning “Komplayens nazorat” bo‘limi bosh mutaxassisi A. Usmonov esa xalqaro tajriba va qonunchilikdagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.

  Uchrashuv davomida talabalar savollariga javob olishdi va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirishdi. Mazkur tadbir korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va talabalar ongida huquqiy bilimlarni oshirishda muhim qadam bo‘ldi.