O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2020- yil 31-dekabrdagi 829- sonli qarori bilan tanishtirish maqsadida Namangan to‘qimachilik sanoati institutining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.





▫️Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi raisi K.Sotvoldiyev, tyutor F.Dadaxonov hamda talaba-yoshlar klubi a'zolari ishtirok etishdi.

 


# # # # # # #

▫️Tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish asoslari va turlarini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibini nazarda tutuvchi nizom bandlari bo‘yicha tushuntirtirishlar berib oʻtdilar.