https://namspi.uz/uploads/80bd6cad0a7c91e2b37079e45ee9fb6e.jpg
Namangan to‘qimachilik sanoati institutining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida muhim uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-200 sonli Farmonida belgilangan vazifalar mohiyatini tushuntirish.
Yakuniy imtihonlar jarayonida korrupsion holatlarga keskin qarshilik ko‘rsatish va ularga murosasiz yondashish.
Talabalarda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish.
Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Abdullajon Usmonov ishtirok etdi. U korrupsiyaga qarshi islohotlar va bu boradagi qonuniy chora-tadbirlar haqida talabalarga atroflicha tushunchalar berdi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarni adolat tamoyillariga sodiq bo‘lishga, halollik va mas’uliyatni qadrlashga undaydi.