https://namspi.uz/uploads/491a2db5eec16520e8bfcbfc35d7f952.jpg
▫️Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabr sanasidagi 829-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom" muhokama qilindi.
▫️Tadbirda institutining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari, tyutorlar, "Qalqon" jamoasi hamda tegishli bo‘lim mas’ullari ishtirok etdi. Shuningdek, Namangan muhandislik-texnologiya instituti profilaktika inspektori mayor Ilyosbek Sayidaliyev talabalarga huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, profilaktik ishlar va huquqiy ongni shakllantirishning ahamiyati haqida ma’lumot berib oʻtdi.