Xalqaro aloqalar


10.10.2024

NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTI YANGI MARRALAR SARI ODIMLAMOQDA

  Namangan to‘qimachilik sanoati instituti o‘z faoliyatini boshlagan davrdanoq Turkiyadagi qator universitet va olimlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Buning natijasida turkiyalik Prof. Dr. Nurullah Soomro 2023-2024 o‘quv yilida institutda faoliyat olib bordi. 2023- yilning noyabr oyida institut o‘qituvchisi, PhD. Abror Xomidjanov Ege universitetida bir oylik stajirovkada bo‘lib qaytgan.2024 -da esa yil institut prorektori Zokirjon Erkinov Izmir shahridagi Ege universiteti (TOP-1000)da, Anqara shahridagi Karabuk universiteti (TOP-1000)da, O‘rta yer texnika universiteti (TOP-300) va Gazi universitetlarida bo‘lib, universitet moddiy-texnika bazasi va sharoitlar bilan tanishgan hamda tegishli yo‘nalishlarda hamkorlik borasida kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik.

 

13.07.2024

Anqara Texnoparki faoliyati o’rganildi

NamTSI rektori Prof. Qurbonali Xoliqov va Prof. Dr. Nurullah Soomro Yildirim Beyazit universiteti tashabbusi bilan Ankara shahrida tashkil etilgan yirik Texnoparkda bo‘ldi.

13.07.2024

Texno shahar tajribasi NamTSIda muhandislar tayyorlash va Spin Off korxonalari tashkil etishda qo‘llanadi

Hacettepe Teknokent Turkiyadagi eng qadimiy va nufuzli universitetlardan biri, xalqaro reytingida TOP-189 o‘rinni egallab turgan Hacettepe universiteti bilan hamkorlikda Anqara shahrida tashkil etilgan. Hacettepe universiteti mamlakatimizdagi yetakchi universitetlardan biri sifatida ilm-fan, texnika va san’at sohalarida ijtimoiy taraqqiyot va umuminsoniy qadriyatlarga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda. Hacettepe universitetining boy bilim va tajribasi Hacettepe texnologiyasini o‘ziga xos qiladigan omillardan biri hisoblanadi. Umuman universitetning texnologik rivojlanish zonasi Hacettepe Teknokentda: unda dasturiy ta’minot, kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalari, bank va moliya, elektronika, energetika, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, tibbiyot, mashinasozlik, mashina va uskunalar ishlab chiqarish, aviatsiya, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik kompaniyalari joylashgan.

12.07.2024

Gazi universitetining laboratoriya va moddiy texnik bazasi o‘rganildi.

Avval xabar berganimizdek, Namangan to’qimachilik sanoati rektori, t.f.d., prof. Qurbonali Xoliqov, xorijiy professori, doktor  Nurilloh Samroo hamkorligida Turkiyadagi Gazi universitetida bo‘lib turibdi.

Universitet Yevropada TOP 300, Turkiyada TOP 10 universitetda bo‘lib, nafaqat Turkiya balki Yevropadagi qator davlatlarga yetakchi malakali kadrlar yetkazib berishi bilan taniqlidir.

12.07.2024

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti Turkiyaning TOP 300 talikka kirgan Gazi universiteti bilan hamkorlik qiladi

Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimi boshchiligida delegatsiya Turkiya davlatining qator shaharlarida hamkorlik borasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Ushbu delegatsiya tarkibida institut rektori, t.f.d., prof. Qurbonali Xoliqov ham bo‘lib, Turkiyadagi qator OTM va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik borasida kelishuvlarga erishmoqda.

Institut rektorining 11-iyuldagi navbatdagi tashrifi Anqara shahridagi Gazi universiteti bo‘ldi. Universitet rektori, prof. Doktor Musa Yildiz boshchiligidagi rahbariyat bilan samimiy uchrashuvda tomonlar o‘zlarining oliy ta’lim maskanlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.

02.07.2024

KOSYGIN UNIVERSITETI VAKILLARI NAMANGAN TO’QIMACHILIK SANOATI INSTITUTIDA ISHLASH TAKLIFINI BILDIRDI

A. N. Kosygin nomidagi Rossiya davlat universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Aleksey Silakov rahbarligidagi delegatsiya institutdagi mavjud 3 ta: to’qimachilik dizayn, to’qimachilik texnologiyalari hamda to’qimachilik mashinalari fakultetida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

02.07.2024

ROSSIYA FEDERATSIYASI DELEGATSIYASI NAMANGAN TO’QIMACHILIK SANOATI INSTITUTIGA QIZIQISH BILDIRMOQDA

Bugun oliy ta’lim dargohiga tashrif buyurgan Rossiya federatsiyasi delegatsiyasi ilm maskani professor-o’qituvchilari bilan muzokaralar olib bordi.

28.06.2024

"TATA INSTITUTE OF SOCIAL SCIENCES"

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti To‘qimachilik tolalari muhandisligi kafedrasi o‘qituvchisi Isayev Shahboz ITEC dasturi bo‘yicha Hindiston davlatining Mumbay shahrida joylashgan 

26.06.2024

NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTI XALQARO MAYDONDA TAN OLINMOQDA

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti bugunga qadar ko‘plab xalqaro hamkorlikka erishmoqda.
Xususan, ta’lim maskani  Turkiya oliy ta’lim boshqarmasi (YÖK) tomonidan tan olinib, ro‘yxatga kiritildi.

12.06.2024

Qatar bilan sohadagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

11-iyunda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qatarning Oʻzbekistondagi elchisi Hamza Hasanni qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, erishilgan kelishuvlarni muhokama qildilar.

13.06.2024

“Creative Associates International” tashkiloti bilan inklyuziv ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov «Creative Associates International» prezidenti Leland Kruvantni qabul qildi.

13.06.2024

O‘zbekiston bilan Jazoyir o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik kuchaytiriladi

Joriy yilning 13-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Jazoyirning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Irqini qabul qildi. Uchrashuvda shuningdek, elchining maslahatchisi Nabila Gazli va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilhom To‘xtasinov ishtirok etishdi.

29.05.2024

XALQARO HAMKORLIK MUHOKAMA ETILDI

Germaniyaning "GIZ" hamda "GOPA" xalqaro loyihalari doirasida "O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasi uchun ikkita yangi professional standart asosida dual bakalavriat kurslarini ishlab chiqish" mavzusidagi  seminar-trening Namangan to‘qimachilik sanoati institutida o‘z ishini davom ettirmoqda.

15.05.2024

NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTI DOKTORANTLARI VENGRIYADA AMALIYOT O‘TAMOQDALAR

Namangan to‘qimachilik sanoati institutining  “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi doktorantlari  Xusanboy Kosimov, Nodirbek Mamadaliyev hamda  Mahliyo Salohiddinovalar Vengriya davlatida xalqaro tajribalarni o‘rganish, o‘zaro bilim almashish, uni institutimizda tatbiq qilish maqsadida   “Startap Campus” ning “InnoGen Youth Рrоgrаm” dasturi  doirasida ilmiy-amaliyotda bo‘lib turibdilar. 

07.06.2024

TO'QIMACHILIKDA YASHIL IQTISODIYOT GERMANIYA PROFESSORLARI TALQINIDA

O‘zbekiston-2030 strategiyasini amalga oshirishda Germaniya Hukumatining O‘zbekistonga ko‘magi sifatida 2025-yil yakuniga qadar 50 ta korxonada havoga karbon emissiyalarini 10% tushirishga ko‘maklashish, SE markirovkasini ( Yevropaga eksport qilish talablari) yangi talqini asosida mahalliy korxonalarni tayyorlashdagi amaliy hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida, Namangan to‘qimachilik institutiga GIZning Yashil iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro eksperti, Integratsion kompaniyasi vakillari, Professor Atanas Kochov va professor Bernard Coes, GIZning Yashil industrializatsiya bo‘yicha milliy eksperti Shahzoda Kuchkarova hamda Nargiza tashrif buyurdilar. 

27.05.2024

ROSSIYA BIOTEXNOLOGIYA UNIVERSITETI NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTIDA QO‘SHMA KAFEDRA TASHKIL ETADI

O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar ishtirokida “Ilmiy texnologik taraqqiyot sharoitida oliy texnika ta’lim istiqbollari” shiori ostida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.Unda respublikada faoliyat olib borayotgan shu yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdilar. Konferensiyasining yalpi majlisi doirasida transport, logistika, mashinasozlik, geologiya, metallurgiya, energetika, kimyo, IT texnologiyalari va boshqa muhim yo‘nalishlarda samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli rejalar muhokama qilindi.

 

28.05.2024

GERMANIYANING YETAKCHI LOYIHALARI NAMANGAN TO’QIMACHILIK SANOATI INSTITUTIDA AMALGA OSHIRILMOQDA

"O'zbekistonda to'qimachilik sohasi uchun ikkita yangi professional standart asosida dual bakalavriat kurslarini ishlab chiqish" mavzusida 28-29-may kunlariga mo’ljallangan seminar-trening o'z ishini boshladi.Namangan to'qimachilik sanoati instituti mezbonlik qilayotgan mazkur seminarda, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, Uz, textile prom, viloyatdagi to'qimachilik ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etmoqdalar.

28.05.2024

ILG'OR MUHANDISLIK MAKTABINI YARATISH BO'YICHA MUHOKAMALAR

Rossiya Federatsiyasining Moskva tadbirkorlik akademiyasi tijoriy ishlar bo‘yicha direktori Aleksandr Kovalyov hamda «Sinergiya»ning Xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Rozanovlar boshchiligidagi delegatsiya Namanganga tashrif buyurdi.

29.05.2024

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti zamonaviy dizayn drayveriga aylanmoqda

Namangan to‘qimachilik sanoati institutida “To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarining zamonaviy dizaynlarini yaratishda konseptual tahlillar, innovatsion yechim” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.Unda Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘izistonning texnika oliygohlari qolaversa, institutimizda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

01.06.2024

HAMKORLIK SAMARASI

Namangan to‘qimachilik institutida bo‘lgan O‘sh texnika universiteti hamda Termiz davlat universiteti vakillari ta’lim dargohida yaratilgan sharoitlar, jahon standartlariga mos keluvchi o‘quv xonalari, maskandagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

12.05.2024

NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTI MAGISTRANTLARI XITOYDA TAHSIL OLADI

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti endilikda Xitoyning TIANGONG  universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.

Bu haqda kuni kecha zoom platformasi orqali qilingan majlisda keng muhokama qilindi.