https://namspi.uz/uploads/cf7d1033b852280bfdbfb9b88a29feda.jpg
▫️Namangan to‘qimachilik sanoati institutining sirtqi ta’lim shakli asosida ta’lim olayotgan 8as-22,15bs-15es-22 guruhlaridagi talablar bilan “Korrupsion huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi asosiy omillar va ularni bartaraf etish choralari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov hamda Sirtqi va kechki ta’lim bo‘limi boshlig‘i Sh.Imomqulovlar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida sirtqi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, korrupsion holatlarni yuzaga keltirmaslik, ushbu jarayonlarni bevosita ishtirokchisiga aylanib qolmaslik borasida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.
Manfaatlar to'qnashuvi videorolik
Har bir noto‘g‘ri qaror halollikdan uzoqlashtiradi. Korrupsiya hayotingizni nazorat qilishiga yo‘l qo‘ymang!
Mazkur videorolik Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan "Mening yurtim 5" telekanali, O‘zbek Milliy Akademik drama teatri bilan hamkorlikda tayyorlangan.
——————
Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори