Anqara Texnoparki faoliyati o’rganildi





NamTSI rektori Prof. Qurbonali Xoliqov va Prof. Dr. Nurullah Soomro Yildirim Beyazit universiteti tashabbusi bilan Ankara shahrida tashkil etilgan yirik Texnoparkda bo‘ldi.


# # # # # #

Anqara Texnoparki Ivedik OSB (95% aksiyalar) va Yildirim Beyazit universiteti (5% aksiyalar) direktorlar Kengashi bilan hamkorlikda tashkil yetilgan. 95% bandlik darajasiga erishgan Anqara Texnoparki 13,671,246 AQSH dollariga teng eksportga ega bo‘lib, 150 dan ortiq tadbirkorlik kompaniyalari asosan mudofaa va aerokosmik, elektronika, tibbiyot, mashinasozlik va dasturiy ta’minot sohalarida tadqiqot, ishlab chiqish va loyihalash faoliyatini olib boradi. Sanoat ishlab chiqarish infratuzilmasi va joylashuvi bo‘ylicha 14 mingdan ortiq korxonaga ega uyushgan sanoat zonalari markazida joylashgan Anqara Texnoparki tadbirkorlar va sanoatchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, hamkorlikni ta’minlashda davom etmoqda.

Texnopark faoliyati o‘rganilib, kelgusida hamkorlik masalalari muhokama etildi. NamTSIga sarmoyalar olib kelish imkoniyatlari tahlil etildi.