Namangan to‘qimachilik sanoati instituti zamonaviy dizayn drayveriga aylanmoqda





Namangan to‘qimachilik sanoati institutida “To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarining zamonaviy dizaynlarini yaratishda konseptual tahlillar, innovatsion yechim” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.Unda Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘izistonning texnika oliygohlari qolaversa, institutimizda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.


# # # # # # #

Talaba-qizlarning “Atirgul”, “Orol”, “Muhabbat tarovati” kabi mavzulardagi zamonaviy-milliy ruhdagi to‘plamlari bilan boshlangan konferensiya bugunning muammo va yutuqlarini o‘zida aks ettirgan, to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarida yangicha ko‘rinishlarni yaratish, unga zamon bilan hamnafas bo‘lgan innovatsiyalarni joriy etish kabi mavzularlar muhokama etildi.
Tizimdagi islohotlarni amaliyotda qo‘llash, o‘zaro hamkorlik aloqalarini samarali yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.