https://namspi.uz/uploads/f44fb99fb9c7f3c97f494b778745c97b.jpg
Namangan to‘qimachilik institutida bo‘lgan O‘sh texnika universiteti hamda Termiz davlat universiteti vakillari ta’lim dargohida yaratilgan sharoitlar, jahon standartlariga mos keluvchi o‘quv xonalari, maskandagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘quv jarayonlarini kuzatgan mehmonlar mavjud imkoniyatlarning bugungi kun talabida ekanini alohida e’tirof etdilar.63-xalqaro gullar bayrami doirasida tashkil etilgan “Moda va iste’dod 2024” ko‘rgazmasida har ikki mehmon oliygohlarning dizaynerlari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Bu esa har ikki ta’lim maskanlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalari yaxshilanishiga omil bo‘lib xizmati qiladi.