https://namspi.uz/uploads/cad711ab32d62dadd78bb27845eb6b2f.jpg
Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimi boshchiligida delegatsiya Turkiya davlatining qator shaharlarida hamkorlik borasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Ushbu delegatsiya tarkibida institut rektori, t.f.d., prof. Qurbonali Xoliqov ham bo‘lib, Turkiyadagi qator OTM va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik borasida kelishuvlarga erishmoqda.
Institut rektorining 11-iyuldagi navbatdagi tashrifi Anqara shahridagi Gazi universiteti bo‘ldi. Universitet rektori, prof. Doktor Musa Yildiz boshchiligidagi rahbariyat bilan samimiy uchrashuvda tomonlar o‘zlarining oliy ta’lim maskanlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘quv, ilmiy, ma’naviy va ilg‘or muhandis kadrlar tayyorlash, buning uchun, talabalar akademik almashinuvi, professor-o‘qituvchilar stajirovkasi hamda malaka oshirish, shuningdek, to‘qimachilik texnoparki faoliyatida hamkorlik borasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra, kelishuvni samarali yo‘lga qo‘yish uchun shu yilning o‘zida magistrantlar va doktorantlar tadqiqotlari bo‘yicha dastlabki ishlarni boshlash borasida fikr almashildi.
Tashrif davom etmoqda.