O‘zbekiston bilan Jazoyir o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik kuchaytiriladi





Joriy yilning 13-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Jazoyirning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Irqini qabul qildi. Uchrashuvda shuningdek, elchining maslahatchisi Nabila Gazli va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilhom To‘xtasinov ishtirok etishdi.


# # # # # # #

Vazir Q.Sharipov Jazoyir bilan avval boshlangan ishlarni davom ettirishga tayyorligini bildirib, bugungi kunda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalariga to‘xtaldi. 

– Jazoyirning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi ishlar amalga oshirilmoqda, – dedi vazir. – Bugungi kunda O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasi Jazoyir oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatgan. Xususan, 2022-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan Mohammed Xider nomidagi Biskra universiteti o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolangan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining qator talabalari 2023/2024 o‘quv yilida Al-Vadiy universitetida 4 oylik amaliyot o‘tab qaytdilar. Jami 6 ta davlat oliy ta’lim muassasasida 4 mingdan ortiq talaba arab tilini alohida ta’lim yo‘nalishi sifatida asosiy yoki ikkinchi chet tili sifatida o‘rganmoqdalar.

Elchi o‘z navbatida vazirga uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi. Ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va Jazoyirning oliy ta’lim uchun mas’ul vazirliklari o‘rtasida tegishli hujjat imzolash taklifini bildirdi. 

Q.Sharipov o‘z o‘rnida Jazoyir oliy ta’lim vazirligi bilan Anglashuv memorandumini imzolash va unga quyidagi sohalarda hamkorlik o‘rnatish taklifini billdirdi:
Jazoyirning universitetlarida o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar ajratish, Jazoyir va O‘zbekiston OTMlari bilan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy yunalishlarda hamkorlik o‘rnatish; 
O‘zbekiston bilan Jazoyir o‘rtasida ham qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovini tashkil etishni va unda g‘olib bo‘ladigan ilmiy loyihalarni birgalikda moliyalashtirish;
O‘zbekiston va Jazoyirdagi oliy o‘quv yurtlari ilmiy jamoatchilik vakillari va professor-o‘qituvchilarini rejalashtirilgan xalqaro va mintaqaviy ilmiy konferensiyalar va forumlarda ishtirok etishga o‘zaro taklif etish amaliyotini kengaytirish. Jazoyir tomonini O‘zbekistonda rejalashtirilgan xalqaro va mintaqaviy ilmiy konferensiyalar haqida muntazam ravishda xabardor qilib borish.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar Anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlab, ikki mamlakat mas’ul organlari tomonidan ma’qullab, imzolashga tayyorlashga kelishdilar.

Vazirlik yangiliklari