https://namspi.uz/uploads/fd07aea41d0d342bd745527dc43f6708.jpg
Namangan to‘qimachilik sanoati instituti endilikda Xitoyning TIANGONG universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.
Bu haqda kuni kecha zoom platformasi orqali qilingan majlisda keng muhokama qilindi.
Onlayn uchrashuvning kun tartibida dizayn va to‘qimachilik muhandisligi yo‘nalishi magistratura qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish eng muhim masala bo‘ldi.
Unga ko‘ra institut magistrantlari 1 yil, shu yerda 1.5 yil Xitoyda ta’lim olishi rejalashtirildi. Xalqaro korxonalarda amaliyot o‘tashi, har ikki oliygohdan diplom olishlari, qabul jarayonlari Namanganda o‘tishi va Xitoy vakillari qatnashishi, bu hamkorlik bakalavriat bosqichi uchun ham qo‘llanilishi rejalashtirib olindi.
Yakunda hamkorlik memorandumlari imzolandi.