NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTI DOKTORANTLARI VENGRIYADA AMALIYOT O‘TAMOQDALAR





Namangan to‘qimachilik sanoati institutining  “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi doktorantlari  Xusanboy Kosimov, Nodirbek Mamadaliyev hamda  Mahliyo Salohiddinovalar Vengriya davlatida xalqaro tajribalarni o‘rganish, o‘zaro bilim almashish, uni institutimizda tatbiq qilish maqsadida   “Startap Campus” ning “InnoGen Youth Рrоgrаm” dasturi  doirasida ilmiy-amaliyotda bo‘lib turibdilar. 


# # #

Mazkur  dastur 2023-yilning 26-27-iyul kunlari Vengriyada bo‘lib o‘tgan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya Нukumаtlаrаrо komissiyasining 8-yig‘ilishi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vengriyaning “Startap campus Inkubator zrt” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va Yеvrора mamlakatlarining xalqaro tajribasini o‘rganish maqsadida tashkil qilingan.5-20-may kunlari davom etadigan amaliyot ikki davlat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashi bilan birga to‘qimachilik sanoati yo‘nalishida katta burilish yasashi shubhasiz