https://namspi.uz/uploads/c870b47f6a68bff718a4aa458890724a.jpg
A. N. Kosygin nomidagi Rossiya davlat universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Aleksey Silakov rahbarligidagi delegatsiya institutdagi mavjud 3 ta: to’qimachilik dizayn, to’qimachilik texnologiyalari hamda to’qimachilik mashinalari fakultetida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Kosiygn davlat universitetining professor-o’qituvchilari Olga Kovaleva hamda Olga Shults yoshlarning o’zi qo’li bilan yaratgan chizmalari, esdalik buyumlari hamda bejirim liboslariga alohida qiziqish bildirdi.
Har bitta fakultetning o’ziga xos imkoniyatlari mavjudligini e’tirof etdi. Istiqbolda mustahkam hamkorlik qilish bo’yicha kelishib olindi.
Shuningdek, “4+2”loyihasining afzalliklarini alohida ta’kidlab, talabalardan kuchli va yetuk mutaxassis kadrlar yetishishida dasturilamal bo’lishini qayd etdilar.