ROSSIYA BIOTEXNOLOGIYA UNIVERSITETI NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTIDA QO‘SHMA KAFEDRA TASHKIL ETADI





O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar ishtirokida “Ilmiy texnologik taraqqiyot sharoitida oliy texnika ta’lim istiqbollari” shiori ostida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.Unda respublikada faoliyat olib borayotgan shu yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdilar. Konferensiyasining yalpi majlisi doirasida transport, logistika, mashinasozlik, geologiya, metallurgiya, energetika, kimyo, IT texnologiyalari va boshqa muhim yo‘nalishlarda samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli rejalar muhokama qilindi.

 


# # # # # # #

Ahamiyatlisi shundaki, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti mazkur konferensiya doirasida dunyoning eng nufuzli Sankt-Peterburg sanoat texnologiya va dizayn universiteti, Saratov davlat texnika universiteti, Rossiya biotexnologiya universiteti bilan shartnoma imzolab, ikki ta’lim dargohi hamkorligida qo‘shma kimyo-texnologiya kafedrasini ochish va samarali faoliyatini  yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.2024-2025-o‘quv yiliga rejalashtirilgan mazkur hamkorlik natijasida to‘qimachilik korxonalarida bo‘yash, pardozlash kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan malakali kadrlar yetishtirish ko‘zda tutilgan.