GERMANIYANING YETAKCHI LOYIHALARI NAMANGAN TO’QIMACHILIK SANOATI INSTITUTIDA AMALGA OSHIRILMOQDA





"O'zbekistonda to'qimachilik sohasi uchun ikkita yangi professional standart asosida dual bakalavriat kurslarini ishlab chiqish" mavzusida 28-29-may kunlariga mo’ljallangan seminar-trening o'z ishini boshladi.Namangan to'qimachilik sanoati instituti mezbonlik qilayotgan mazkur seminarda, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, Uz, textile prom, viloyatdagi to'qimachilik ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etmoqdalar.


# # # # # # # # # #

Germaniyaning "Giz" hamda "Gopa" xalqaro loyihalari doirasida "O'zbekistonda to'qimachilik sohasi uchun ikkita yangi professional standart asosida dual bakalavriat kurslarini ishlab chiqish" mavzusidagi seminar-treningda istiqboldagi vazifalar, to’qimachilik sanoatidagi yangiliklar muhokama etildi.Bugungi kunda to'qimachilik sohasida kadrlar tayyorlashda dual ta'lim tizimining ahamiyati har tomondan ortib borayotgani va bu tizim Namangan to'qimachilik sanoati institutida samarali natijalar ko'rsatayotgani xususidagi fikrlar bildirildi.Ma’lumot o’rnida, seminarning ikkinchi kuni ishlab chiqarish korxonalarida o’tishi rejalashtirilgan.