Yangiliklar


05.05.2024

BOSHQARMA BOSHLIG’I INSTITUTDA BO’LDI

Namangan viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i Abdullahat G’affarov Namangan to’qimachilik sanoati institutida bo’ldi.
Maskanda yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan tanishgan boshqarma boshlig’i o’quv xonalari, labaratoriya jihozlarini ko’zdan kechirdi.

05.05.2024

XOTIRA TURNIRI DAVOM ETMOQDA

Namangan to’qimachilik sanoati institutida tashkil etilgan “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostidagi xotira turniri qizg’in davom etmoqda.

 

04.05.2024

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2024- yil, 3-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi.

🔰05.06.02-"To'qachilik materiallari texnologiyasi va xom-ashyoga dastlabki ishlov berish"
🔰05.02.03-"Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari"
🔰05.06.04-"Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni"
🔰05.06.03-"Teri, mo'yna, poyabzal va terigalentiriya buyumlari texnologiyasi"
🔰05.06.01- "To'qimachilik va yengil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi"

03.05.2024

OLIMA AYOLLAR-JAMIYAT KO‘ZGUSI

Talaba -qizlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni ilm-fan ravnaqi yo‘lida izlanish va intilishga chorlash, zamon talablari asosida puxta bilim egallash pirovardida to‘qimachilik va sanoatda yetakchi mutaxassislar bo‘lib kamol toptirish maqsadida
Namangan to‘qimachilik sanoati institutida joriy yilning 3-may kuni “Olima ayollar-jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Unda ta’lim maskanida bir necha yillardan buyon samarali mehnat qilib, salmoqli natijalarga erishgan, yuzlab shogirdlar tarbiyalab, har jabhada yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan professor o‘qituvchilar qatnashdilar.

02.05.2024

XONLIKLAR SHAHRIGA SAYOHAT

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida faol ishtirok etgan  “To‘qimachilik texnologiyasi” fakultetining 18 nafar talabalari Qo‘qon shahriga bir kunlik sayohat uyushtirdilar.

 

02.05.2024

XOTIRA TURNIRIGA START BERILDI

Namangan to‘qimachilik sanoati institutida “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostidagi xotira musobaqasiga start berildi.

01.05.2024

KO‘TARINKILIK ULASHIB

Katta-yu kichik hammaga birdek zavq-shavq ulashadigan, quvonch va ko‘tarinkilik baxsh etib, qalblarimizga orom, ruhiyatimizga tetiklik hadya qiladigan favvoralar kuni Namangan to‘qimachilik sanoati institutida ham zo‘r ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi.

29.04.2024

NamTSI talaba-yoshlari Oʻzbekiston boʻylab sayohatda!

Namangan to'qimachilik sanoati instituti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari va bir guruh iqtidorli talabalar "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil" loyihasi doirasida yurtimizning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishmoqda.

29.04.2024

NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTI KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Kengash yig‘ilishi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichi g'oliblari hamda Qirg‘izistonda o‘tkazilgan “Yosh dizaynerlar-2024” tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlarni taqdirlash bilan boshlandi.
Institut rektori Qurbanali Xoliqov g‘olib va sovrindorlarni taqdirlab, ularning ishlariga zafar tiladi.

29.04.2024

TALABALARGA TARG‘IBOT

Namangan to‘qimachilik sanoati institutining kengashlar zalida ilm dargohida tahsil olayotgan 70 dan ziyod talab-yoshlar ishtirokida Wikitarg‘ibotning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi o‘zbekcha Wikipediya interfeys administratori Shoxjahon Sobirov hamda Vikiklub a’zolari ishtirok etdilar.

27.04.2024

Namangan to’qimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish

Namangan to’qimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Kompleans nazorat" tizimini boshqarish bo’limi qoshida tashkil etilgan, talaba-yoshlar klubi a'zolari ishtirokida bo’limning ishonch telefonlari, telegram botlari, yoritilgan maqolalar aks etgan flayerlar ta’lim maskanidagi talabalarga tarqatildi.

27.04.2024

KARYERA KUNI MEHNAT YARMARKASI

Namangan to‘qimachilik sanoati institutida Viloyati hokimligi, Davlatobod tumani hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka kо‘maklashish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

26.04.2024

MILLIYLIK AKS ETGAN KOLLEKSIYA JAHONDA E’TIROF ETILDI

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26-30-aprel kunlari Qirg’izistonda o’tkazilayotgan “Yosh dizaynerlar-2024” festivalida Namangan to’qimachilik sanoati institutining ijodkor talaba-yoshlari o’zlarining yaratgan kollektsiyalari bilan ishtirok etmoqdalar.

26.04.2024

INSTITUT JAMOASI QIRG’IZISTONDA

“To’qimachilik diyani” hamda “To’qimachilik texnologiyasi” professor-o’qituvchilari va talabalaridan iborat 13 kishilik delegatsiya Qirgiziston Respublikasi "O’sh texnologiya" unversitetida bo’lib turibdilar.

26.04.2024

ENG KUCHLILAR G’OLIB DEB TOPILDI

Namangan to’qimachilik sanoati institutida "Munozara" intelektual turniri tashkil etildi.
Ilm maskanining yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan o’tkazilgan intellektlar bahsida 6 ta jamoa a’zolari g’oliblik uchun kurashdilar.

26.04.2024

Kuni kecha Ulug’bek izdoshlari respublika tanlovi

Kuni kecha Ulug’bek izdoshlari respublika tanlovining viloyat bosqichida faol ishtirok etib, g’oliblar safidan joy olgan To’qimachilik texnologiyasi fakultetining 1-bosqich talabasi Oydina Davronovani yutuq bilan muborakbod etamiz.

26.04.2024

Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi

Bugun Namangan toʻqimachilik sanoati institutining sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi islohotlarni mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan uchrashuv o'tkazildi. Unda Korrupsiyaga qarshish kurashish va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi Abdullajon Usmonov qatnashdi.

 

25.04.2024

MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI SARALANMOQDA

         Davlatbod tumanidagi Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskanida Mirzo Ulug‘bek vorislari Respublika tanlovining Namangan viloyati bosqichiga start berildi. Tadbirda ishtirok etgan Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari Ibrohim Jakbarov barcha izlanuvchan talaba-yoshlarga muvaffaqiyat tiladi.
       Mazkur tanlov talaba-yoshlarning innovatsion g’oyalari, o’ziga xos intilishlarini munosib rag’batlantirish, eng yaxshi loyiha mualliflarining ishlarini amalda qo’llashga qaratilgan. Ayni paytda Namangan to’qimachilik sanoati institutining 2 nafar talabalari tanlovning viloyat bosqichida bilimlarini sinovdan o’tkazmoqdalar.

25.04.2024

Institutning xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan ”Qiz bolaning odobi" shiori

Institutning xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan ”Qiz bolaning odobi" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
“To’qimachilik mashinalari fakultetining” talaba-qizlari bilan olib borilgan suhbatda ayolning jamiyatdagi o’rni, uning qadriyat va 

23.04.2024

Namangan toʻqimachilik sanoati institutining toʻqimachilik dizayni fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha "Biz — korrupsiyaga qarshimiz " mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Bugun to'qimachilik dizayni fakulteti talabalari bilan "Biz — korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida davra suhbati olib borildi. 

22.04.2024

Institutda tahsil olayotgan talaba qizlar bilan guruhbay davra suhbatlar olib borilmoqda

Institutda 2024 yil 23-27 aprel kunlari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida,

22.04.2024

ЭЪЛОН!!!

Ҳурматли Илмий Кенгаш аъзолари. Наманган тўқимачилик саноати институти хузуридаги илмий даражалар берувчи PhD. 03/04.10.2023.Т.174.01 рақамли Илмий Кенгаш мажлиси 22-апрель (Душанба) куни соат 14:00 да НамТСИ 1-бино, 1-этаж, Илмий кенгаш хонасида (ва Zoom дастури орқали онлайн) ўтказилиши режалаштирилган.

Кун тартибида 3 масала кўрилади:

1) Наманган тўқимачилик саноати институти таянч докторанти Муталов Мухаммадодил Олимжон ўғлининг 05.06.02 - Тўқимачилик материаллари технологияси ва хомашёга дастлабки ишлов бериш” ихтисослиги бўйича “Пахта пневмотранспорти материал ўтказувчи қувур параметрларини назарий ва амалий асослари” мавзусида тайёрлаган диссертация ишини ҳимояси.

Илмий раҳбар: техника фанлари доктори, профессор Саримсаков Олимжон Шарифжанович

Расмий оппонентлар:
1) техника фанлари доктори, доцент Юлдашев Жамшид Камбаралиевич
2) теника фанлари фалсафа доктори, PhD, доцент Сиддиқов Акбархон Хожиахмадхонович

Етачи ташкилот: Фарғона политехника институти

(Ҳимояга қабул масалалари)
2) Наманган тўқимачилик саноати институти мустақил тадқиқотчиси Алиева Дилбар Ганиевнанинг "Вафелли ва ҳалқа-тукли газламаларни ўрилиш турларини уларнинг физик-механик хоссаларига таъсири" мавзусида 05.06.02–“Тўқимачилик материаллари технологияси ва хомашёга дастлабки ишлов бериш” ихтисослиги бўйича фан доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун тайёрлаган диссертация ишини ҳимояга қабул муҳокамаси.

Илмий раҳбар: .....
Тавсия этилаётган расмий оппонентлар:
1) техника фанлари доктори, катта илмий ходим Валиев Гулам Набиджанович
2) техника фанлари доктори, доцент Абдуллаев Улуғбек Туланбоевич
3) техника фанлари доктори, профессор Қаюмов Абдумалик Хамидович

Тавсия этилаётган етачи ташкилот: Ўзбекистон табиий толалар илмий тадқиқот институти


3) Наманган тўқимачилик саноати институти докторанти Қорабаев Шерзод Аҳмаджоновичнинг "Пневмомеханик йигириш машиналарида ипнинг шаклланиш жараёнлари назарияси ва амалиёти" мавзусида 05.06.02–“Тўқимачилик материаллари технологияси ва хомашёга дастлабки ишлов бериш” ихтисослиги бўйича фан доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун тайёрлаган диссертация ишини ҳимояга қабул муҳокамаси.

Илмий раҳбар: техника фанлари доктори, доцент Бобожонов Хусанхон Тохирович.

Тавсия этилаётган расмий оппонентлар:

1) техника фанлари доктори, профессор Жуманиязов Қадам Жуманиязович
2) техника фанлари доктори, профессор Шарибов Носиржон Юсубжанович
3) техника фанлари доктори, профессор Ахмедов Жахонгир Ахмадович

Тавсия этилаётган етачи ташкилот: Андижон машинасозлик институти

20.04.2024

Namangan to’qimachilik sanoati institutining qaytadan rekonstruksiya qilingan sport zalining tantali ochilishi bo'lib o'tdi!

Namangan to’qimachilik sanoati institutining qaytadan rekonstruksiya qilingan sport zalining tantali ochilish marosimi bo'lib o'tdi!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholining barcha qatlamlari orasida jismoniy madaniyatni yuksaltirish, qolaversa, xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar uchun barcha sharoitlarni yaratishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi bevosita jismoniy tarbiya va sportga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

19.04.2024

Yer sayyorasini asrash

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 4/1-3290-sonli xati ijrosi yuzasidan Namangan to‘qimachilik sanoati institutida “22-aprel xalqaro yer kuni” munosabati bilan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mas’ul xodimi Orifjonov Ikromjon, hamda Suv, Yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Bunyodjon Ahmadaliyevlar bilan hamkorlikda “Yer sayyorasini asrash” mavzusida seminar tashkil etildi.

16.04.2024

Президент раислигида тўқимачилик соҳасида экспорт ва инвестиция ҳажмларини ошириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Ўтган йили тўқимачилик ва тикув-трикотаж маҳсулотлари ишлаб чиқариш 94 триллион сўмга етиб, сўнгги 7 йилда 4,2 баравар ошгани, 2023 йилда тармоқдаги экспорт 3,1 миллиард доллар бўлгани таъкидланди.

16.04.2024

GIZning “O‘zbekiston kasb-hunar taʼlimi tizimidagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida 14-21 aprel kunlari GOPA tomonidan amalga oshirilayotgan komponentlarning ikkinchi bosqichi bo’yicha Germaniyaga o‘quv safari tashkil etildi.

Safarda loyiha doirasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari, Toshkent va Namangan to‘qimachilik va yengil sanoat institutlari o‘qituvchilari hamda ekspertlari ishtirok etmoqda. 

16.04.2024

NAMANGAN TO'QIMACHILIK SANOATI INSTITUTIDA QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO'YICHA MUTAXASSISLIK FANLARIDAN MALAKAVIY IMTIXON UCHUN HUJJATLAR QABUL QILISH BOSHLANDI

NAMANGAN TO'QIMACHILIK SANOATI INSTITUTIDA QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO'YICHA MUTAXASSISLIK FANLARIDAN MALAKAVIY IMTIXON UCHUN HUJJATLAR QABUL QILISH BOSHLANDI.

HUJJATLAR PAPKA SHAKLIDA JORIY YILNING 26-APREL 17:00 QADAR INSTITUT ILMIY BO'LIMIGA TOPSHIRILADI.

 

16.04.2024

Namangan to‘qimachilik sanoati institutida bir qator viloyat yetakchi tadbirkor ayollari taklif etildi.

Xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun 16-aprel Namangan to‘qimachilik sanoati institutida bir qator viloyat yetakchi tadbirkor ayollari taklif etildi. Shuningdek, tadbirda nodavlat ta’lim

16.04.2024

Namangan to'qimachilik sanoati institutida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" loyihasi o'tkazildi.

Namangan to'qimachilik sanoati instituti talabalari ishtirokida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" loyihasi tashkil etildi. Sayohat davomida To'qimachilik mashinasi talabalari Xiva viloyati sayohat tashkil etildi.

16.04.2024

Namangan toʻqimachilik sanoati instituti talabasi "Ulug'bek vorislari" tanlovining viloyat bosqichida g'olib boʻldi.

Ayni kunlarda inovatsion loyihasiga ega boʻlgan yoshlar o'rtasida “ Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining viloyat bosqchlari bo'lib o'tmoqda.

15.04.2024

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishdan asosiy ko'zlangan maqsad, korrupsion huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash va korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish va talaba - yoshlar orasida korrupsion holatlarni va huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha taklif va topshiriqlarni belgilab olishdan iborat.
Yig'ilishda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Abdurashid Jo'raboyev va fakultet dekan o'rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etishdi.

15.04.2024

"Ekologiyaga oid bilimlar kuni" munosabati bilan soha mutaxasislari bilan ochiq muloqot tashkil etildi hamda "EKO ZAKOVAT" intelektual o'yini oʻtkazildi

Bugun Namangan toʻqimachilik sanoati institutida 15-aprel "Ekologiyaga oid bilimlar kuni" munosabati bilan, Namangan viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimi Ikromjon Orifjonov, Oʻzbekiston Ekologiya Partiyasi Namangan shahar kengashi raisi Shahnoza Toʻhtasinovalar bilan hamkorlikda ekologiya va atrof-muhitni asrashga oid bilimlarni oshirishga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etilib, ekologiyaga oid bir qator maʼlumotlar berildi

14.04.2024

"Xon atlas" festivali koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi.

Namangan to‘qimachilik sanoati institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 5-aprel 3/15/-4/1-3105 sonli xatida “Xon atlas haftaligi” sifatida belgilab, haftalik doirasida zarur chora- tadbirlarni amalga oshirish vazifasi berilgan. Institutda talaba-yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an’analarimiz ruhida tarbiyalash maqsadida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.

09.04.2024

Amir Temur — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Taʼlim, fan va Innovatsiyalar
vazirlikning 2024-yil 4-apreldagi 3/15- 1/9-36 -sonli xati ijrosi yuzasidan Buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan 

09.04.2024

Oliy taʼlim muassasalarida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Talaba-yoshlar orasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va kitobxon talabalarni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda ishtirokchi jamoalar o‘zaro ikki shart “Men yoqtirgan asar” va “Eng bilimdon kitobxon” shartlari bo‘yicha bellashmoqdalar.