https://namspi.uz/uploads/f7034837de9bfc2133b4d2a8fd821587.jpg
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida jiddiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda, 2025-yil 5-mart kuni davlat rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq sifatida tan olindi.
🔹 Korrupsiyaga qarshi yangi tizimlar joriy qilindi:
✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi;
✅ “Shaffof qurilish” dasturi ishga tushirildi;
✅ Oliy ta’lim tizimi raqamlashtirildi;
✅ Davlat xizmatlarini avtomatlashtirish orqali 35 turdagi hujjatlarni inson omilisiz olish imkoniyati yaratildi;
✅ Elektron davlat xizmatlari soni 15 baravar oshib, 721 taga yetdi va ulardan foydalanuvchilar 11 milliondan oshdi.
📌 Namangan to‘qimachilik sanoati institutida korrupsiyaga qarshi kurash doirasida ushbu muhim mavzu talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga yetkazildi. Shuningdek, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini bo‘yicha yillik ishlar hisoboti eshitilib, yuqori baholandi. Kelgusidagi vazifalar yuzasidan qator topshiriqlar berildi.