Yashil universitet


15.03.2025

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti jamoasi «Yashil makon» umummilliy loyihasida faol ishtirok etdi!

   Namangan to‘qimachilik sanoati instituti jamoasi atrof-muhitni asrash, ekologik muvozanatni mustahkamlash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida boshlangan «Ziyolilar bog‘i»ni barpo etish bo‘yicha bahorgi ko‘chat ekish marafonida ishtirok etdi. Ushbu xayrli tashabbus doirasida institutimiz jamoasi ham jonkuyarlik bilan harakat qilib, o‘z hissasini qo‘shdi.

   Marafon avvalida institutimiz jamoasi sport majmuasi oldida o‘rnatilgan monitor orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokidagi tantanali ochilish marosimini kuzatdi. Tadbir davomida yashil hududlarni ko‘paytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yosh avlodga tabiatni asrab-avaylash tuyg‘usini singdirish borasida muhim fikrlar bildirildi.

  Shundan so‘ng institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar belgilangan hududda 150 tup archa ko'chatlarni ekish ishlarini boshlab yubordi. Mazkur jarayonni samarali o‘tkazish uchun zarur sharoitlar – maxsus kiyim-kechak, agrotexnik asbob-uskunalar va sifatli ko‘chatlar oldindan tayyorlab qo‘yilgan edi.

14.03.2025

Yashil makon

 Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injinering fakultetida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 Talabalar, professor-o‘qituvchilar va universitet jamoasi tabiatga mehr-muhabbat ruhida birlashib, hududni yanada obodonlashtirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ushbu tashabbus doirasida universitet atrofida manzarali daraxt va butalar ekilib, yashil hududlar maydoni kengaytirilmoqda.

26.10.2024

“Yashil Makon” Umummilliy Loyihasi

   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi”, 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonida tatbiq etilishi belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturlarida atrof muhit obʻektlarini (havo, suv, er, tuproq, er qaʻri, bioxilma-xillik, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar) inson taʻsiri hamda boshqa salbiy taʻsir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini taʻminlash hamda sanoat ishlab chiqarishi, urbanizatsiya koʻlami keskin kengayishi va aholi punktlariga tushayotgan ekologik yukni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshirish kirtilgan.