Yangiliklar


23.04.2025

Toshmirzayev Qodirjon Odiljonovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

   “Paxta xomashyosini quritishning resurstejamkor texnologik uskunasini ishlab chiqishmavzusida.

  Toshmirzayev Qodirjon Odiljonovichning 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha, “Paxta xomashyosini quritishning resurstejamkor texnologik uskunasini ishlab chiqish” mavzusida, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishining himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengashning 2025 yil 03 may kuni soat 13:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

23.04.2025

Obidova Irodaxon Nozimjonovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

  “Yangi tuzilishdagi naqshli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish orqali trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirishmavzusida.

  Obidova Irodaxon Nozimjonovnaning 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha, “Yangi tuzilishdagi naqshli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish orqali trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish” mavzusida, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishining himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengashning 2025 yil 03 may kuni soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

23.04.2025

Usmanova Nargiza Alimjonovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

  “Ayollar ko‘ylaklari sanoat kolleksiyalarini shakllantirish jarayonlarini intellektuallashtirishmavzusida.

  Usmanova Nargiza Alimjonovnaning 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni ixtisosligi bo‘yicha, “Ayollar ko‘ylaklari sanoat kolleksiyalarini shakllantirish jarayonlarini intellektuallashtirish” mavzusida, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishining himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengashning 2025 yil 02 may kuni soat 13:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

23.04.2025

Azimova Sayoraxon Gulamjanovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

   “Erkaklar ustki trikotaj kiyimlarini resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish tadqiqimavzusida.

  Azimova Sayoraxon Gulamjanovnaning 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni ixtisosligi bo‘yicha, “Erkaklar ustki trikotaj kiyimlarini resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish tadqiqi” mavzusida, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishining himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengashning 2025 yil 02 may kuni soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

21.04.2025

Ma’naviy ozuqa va mazmunli dam olish — talabalarga motivatsiya manbai!

Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injiniringi fakulteti tyutorlari M.Voxidova va Sh.Saydullayevlar tashabbusi bilan talabalar uchun Usmon Nosir asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyishi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ma’naviy barkamolligini oshirish va badiiy-estetik dunyoqarashini kengaytirishdan iborat.

 

21.04.2025

"Atlas jilosi" — Milliylik va zamonaviy uslub uyg‘unligi!

  Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injiniringi fakulteti 2a-22 guruh talabasi Nazaraliyeva Shohida ustoz-shogird an’anasi asosida Dizayn kafedrasi o‘qituvchisi Boymatova Kamola bilan birgalikda "Atlas jilosi" kiyimlar kolleksiyasini tayyorladi va uning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

  Ushbu kolleksiya milliy qadriyatlar bilan zamonaviy dizayn yondashuvlarini uyg‘un tarzda birlashtirib, nafislik va estetik go‘zallikni namoyon etdi.

 

19.04.2025

DIQQAT TANLOV!

Bu yerda hamma teng. Muhimi – kimligingiz emas, nimalarga qodirligingiz!

🌎“Imkoniyatlar olimpiadasi”: O‘zbekistonda ilk bor imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida kasbiy mahorat musobaqalari o‘tkaziladi.

“Imkoniyatlar olimpiadasi” tanlovi 21-apreldan 2-mayga qadar bo‘lib o‘tadi, unda abilympics.uz (https://www.abilympics.uz/) saytidan ro‘yxatdan o‘tgan 14-18 yoshdagi imkoniyati cheklangan yoshlar o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etadilar.

Mazkur ko‘rik-tanlov mamlakatimizda o‘tkaziladigan ushbu formatdagi birinchi milliy musobaqa bo‘lib, loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

“Imkoniyatlar olimpiadasi” yoshlarga nima beradi?

✅ O‘z sohasida mahoratini ko‘rsatish;
✅ Yangi do‘stlar va hamfikrlar orttirish;
✅ Tajriba almashish va o‘rganish;
✅ Qimmatbaho sovg‘alar va e’tirofga sazovor bo‘lish.

↗️ Yo‘nalishlar:
• Rassomchilik
• Kashtachilik
• Kulolchilik
• Fotograflik
• Mobilografiya
• Qandolatchilik
• AKT sohasi
• Tornachilik
• Duradgorlik
• Quruq qurilish ishlari

 

18.04.2025

UzCharmExpoEurAsia-2025 — Charm sanoati professionalari va innovatsiyalar manzili!

  “Uzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu yirik ko‘rgazma doirasida:
Xalqaro konferensiyalar
Sessiyalar, davra suhbatlari
Taqdimot va biznes uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

  Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyo mintaqasidan yetakchi kompaniyalar, xorijiy brendlar o‘z mahsulotlari va charmsanoatidagi eng so‘nggi yangiliklarni taqdim etdi!

 

18.04.2025

"Talaba yugur" — sog‘lom hayot sari qadam!

  Davlatobod tumanining “Yuksalish” dahasida “Sog‘lom hayot va farovon kelajak uchun” shiori ostida o‘tkazilgan "Talaba yugur" marafonida Namangan davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi.

  Ayniqsa, To‘qimachilik sanoati injiniringi fakulteti talabalari marafonda faollik va jamoaviy ruhni namoyon etishdi. Tadbir sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan.

 

18.04.2025

“Samo yog‘dusi” — yulduzlar ilhomidagi kiyimlar kolleksiyasi namoyishi!

    Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injiniringi fakultetida Dizayn yo‘nalishi katta o‘qituvchisi PhD R.Nuriddinovaning “Samo yog‘dusi” nomli kiyimlar kolleksiyasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

    Kolleksiya tun osmoni, yulduzlar va fazoviy yengillikdan ilhomlanib, yorug‘lik va soya, yengillik va sirli go‘zallik uyg‘unligini o‘zida aks ettiradi.

   Yengil shifon, organza, atlas, saten, payetkalar va metall effektli matolar bilan bezatilgan liboslar ko‘zni qamashtiruvchi yulduzlar olamiga chorlaydi.

 

18.04.2025

"Anti-Corruption Hackathon 2025"ga start berildi

Joriy yilning 2-3-4 may kunlari "Yangi O‘zbekiston" universitetida “Anti-Corruption Hackathon 2025" xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi.

G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni ("Coding4Integrity")da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Yo‘nalishlar:

- davlat xaridlari, sport, qurilish, moliya va sug'urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;

- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;

- ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.

Xakatonda ingliz tilini yaxshi biladigan 18-35 yoshdagi turli soha vakillari yakka yoki (3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin.

Tayyorlov vebinari: 21-aprel

Xakatonda ishtirok etish uchun 28-aprelga qadar ushbu havola (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScpsxQYA5aZkAM9WzL-1st-1Nf2tvbX7tqrnxN6OeFRipz6Fw/viewform?usp=sharing) orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi.
——————

17.04.2025

Ochiq eshiklar kuni — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar!

  Bugun Koson tumanidagi umumta’lim maktablarining bitiruvchi bir qator o‘quvchilari Namangan davlat universitetiga tashrif buyurishdi!

Ular universitet hayoti, ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv jarayonlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

  Ochiq eshiklar kuni doirasida o‘quvchilarga bilim olish, kasb tanlash, kelajak rejalari va talabalik hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar yetkazildi.

 

16.04.2025

NAMANGAN DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIDA ILMIY KONFERENSIYA!

   Hozirgi kunda ilm-fan, texnologiya va sanoat o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash har qachongidan dolzarb.

Aynan shu maqsadda, joriy yilning 16-17 aprel kunlari Namangan Davlat Texnika Universitetining To‘qimachilik sanoati injineringi fakultetida

 “ILM-FAN, TEXNOLOGIYA VA SANOAT INTEGRATSIYASI: MUAMMO VA YECHIMLAR-2025” (IFTSI-2025) mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda!

Mazkur konferensiya doirasida respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalari va sanoat sohalaridagi mutaxassislar, olimlar va tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlanmalari, amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

  Konferensiya davomida:
 ilmiy izlanishlar va innovatsion g‘oyalar taqdimoti;
 sanoat bilan fan integratsiyasini chuqurlashtirish yo‘llari;
 texnologik muammolar va ularning amaliy yechimlari muhokama qilinmoqda.

 

16.04.2025

NAMANGAN DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIDA ILMIY ANJUMAN DAVOM ETMOQDA!

  Namangan Davlat Texnika Universitetida o‘tkazilayotgan💡“ILM-FAN, TEXNOLOGIYA VA SANOAT INTEGRATSIYASI: MUAMMO VA YECHIMLAR-2025” mavzusidagi Respublika miqyosidagi konferensiya o‘z ishini qizg‘in davom ettirmoqda!

  Mazkur ilmiy anjumanda nafaqat respublikamiz olimlari, balki xorijiy mutaxassislar ham o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etib, ilmiy izlanishlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

  Xalqaro miqyosdagi bunday ilmiy almashinuv tinglovchilar uchun nihoyatda qimmatli bo‘ldi. Anjuman ishtirokchilari zamonaviy texnologiyalar, ilmiy yangiliklar va sanoat integratsiyasi yo‘nalishidagi dolzarb mavzular bo‘yicha bilim va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 

15.04.2025

Ranglar jilosi – talabalarning ijodiy yondashuvi!

   Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injineringi fakultetida Z.Mamahanova tashabbusi bilan "Ranglar jilosi" nomli liboslar tanlovi tashkil etildi.

  Ushbu tanlov — modaning ranglar va kreativlik bilan uyg‘unlashgan yorqin namunasidir. Tadbir davomida fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalarga turli uslub va estetik ko‘rinishlarda yaratilgan liboslar taqdim etildi.

  Liboslar orqali nafaqat talabalarning dizaynerlik mahorati, balki ularning rang tanlashdagi didi, milliy va zamonaviy yondashuvdagi tafakkuri namoyon bo‘ldi.

 Tanlovning asosiy maqsadi:
 Talabalarning ijodiy va dizaynerlik salohiyatini rivojlantirish;
 O‘zbek milliy liboslari va ranglar orqali madaniy qadriyatlarimizni asrash va yoshlar ongiga singdirish.

  Tadbir davomida ijodiy ishlari bilan ko‘pchilikni hayratlantirgan ishtirokchilar talqinida milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi ajoyib tarzda mujassam bo‘ldi.

 

15.04.2025

Korrupsiyaga qarshi kurashish – har bir yosh uchun kerakli bilim!

  Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida izchil va samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsion xatti-harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilangan.

  Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasida oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun maxsus
bepul kurslar. Endilikda har bir talabaga Korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillarini tushuntirish, ularni amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish imkoniyati yaratilmoqda.

   Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar nafaqat jamiyat taraqqiyotiga, balki adolatli va halol kelajak qurilishiga munosib hissa qo‘shishlari mumkin.

  Korrupsiyaga qarshi ongni shakllantirish — bu bugungi kun yoshlari ma’naviy barkamolligi va kelajakda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatining asosiy kafolatidir!

 

12.04.2025

Universitetda "Muhandislik oyligi" doirasida o‘tkazilgan “Oliygoh kubogi” tanlovining barcha g‘oliblari aniqlandi!

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 14-fevraldagi ochiq muloqotida ilgari surilgan tashabbus hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig‘iga binoan, Namangan davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi” munosabati bilan 10 ta yoʻnalish, 20 ta kategoriya boʻyicha "Oliygoh kubogi" tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda 250 dan ortiq talaba-yoshlar oʻzlarining muhandislik sohasiga oid ilmiy-innovatsion loyiha va ishlanmalari bilan faol ishtirok etdi.

 

10.04.2025

Milliy liboslar kuni

Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injineringi fakultetida Milliy liboslar kuni munosabati bilan chizma tasvir rang tasvir (amaliy ) dars jarayonlari mutahassis far òqituvchila tomonidan ochiq osmon tabiat qòynida X Oxundadayev, N Asatullayevalar tomonidan sifatli tashkillashtirildi.
Milliy liboslar – xalqimizning tarixiy, madaniy va estetik qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. “Milliy liboslar kuni”da o‘quvchilarni o‘z xalqining urf-odatlari, milliy an’analari bilan yaqindan tanishtirish, ularni estetik tarbiyalash, ijodiy fikrlashini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar bilan tabiat qo‘ynida tashkil etilgan ushbu amaliy mashg‘ulot darsidan talabalar xursandchiligi ortdi.

09.04.2025

“Oliygoh kubogi” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi!

  Muhandislik islohotlari doirasida ilk bor o‘tkazilgan “Muhandislik oyligi” doirasida tashkil etilgan “Oliygoh kubogi” tanlovi talaba-yoshlar uchun haqiqiy ijod va intellekt maydoniga aylandi!

  Tanlovda Dizayn va Yengil sanoat muhandisligi yo‘nalishlari bo‘yicha 56 nafar iqtidorli talaba ishtirok etib, o‘z innovatsion g‘oya va loyihalari bilan hakamlar hay’ati e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

  Dekorativ toshli kostyum, etnomiks liboslar, qo‘lda to‘qilgan o‘yinchoqlar, pishitilgan ip, smart poyabzallar, bolalar uchun ortopedik trikotaj mahsulotlari – bularning barchasi talabalar iqtidorining yorqin ifodasidir!

09.04.2025

Universitet talabalari Sohibqiron tugʻilgan kunda chavandozlar maktabida ot minib, kamondan oʻq uzdi

  Namangan davlat texnika universiteti talabalaridan bir guruhi sohibqiron Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi qoshidagi Chavandozlar maktabida boʻldi.

  Universitet media markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir avvalida Chavandozlar maktabining tarixi va bugungi kuni haqida batafsil hikoya qilindi. Talabalar tulporlar boqilayotgan majmuaga oʻtib, u yerda saqlanayotgan otlar bilan tanishdi.

  Shundan soʻng talabalar otlarga chiqib, davra aylanib, mahoratlarini sinab koʻrdi.

08.04.2025

Namangan davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi”ga rasman start berildi!

  2025-yil aprel oyi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yurtimizda ilk bor “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Muhandislik oyligi”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

  Mazkur marosimda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, muhandislik yoʻnalishidagi OTMlar rahbarlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

  Namangan davlat texnika universiteti jamoasi ushbu tadbirda oliy oʻquv yurtining “Bionika” laboratoriyasidan onlayn qatnashdi.

08.04.2025

Talabalar bilan yaqindan muloqot – ularning farovonligi yo‘lida!

  5 aprel kuni Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tomonidan talabalar bilan ishlash borasida yana bir muhim tashabbus amalga oshirildi.

  Institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z. Umarova va dizayn yo‘nalishi tyutori M. Vohidova tomonidan Namangan shahri, Aeroport ko‘chasi, 4-uyda ijara asosida yashayotgan dizayn yo‘nalishidagi talaba qizlarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

  Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning o‘qish va yashash holatlari, shuningdek, kelgusi rejalari yuzasidan motivatsion tushunchalar berildi. Samimiy suhbatlar orqali ularning dardu-aranlari tinglandi, zarur tavsiyalar berildi.

08.04.2025

Namangan to‘qimachilik sanoati institutida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  Yig‘ilishda institut faoliyatiga oid bir qator muhim va dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasidagi ishlarni yuqori saviyada tashkil etish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish hamda talabalar o‘rtasida onlayn so‘rovnomalar o‘tkazish masalalari kun tartibidan o‘rin oldi.

  Yig‘ilish davomida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi belgilandi.

 Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, yoshlar ongida halollik, vijdonlilik va adolat tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha tizimli va izchil ishlar davom ettiriladi.

05.04.2025

“Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida davra suhbati

  2025-yilning 3-aprel sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-martdagi 3/15-4/1-2521-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
  Mazkur tadbirga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti Oziq-ovqat texnologiyasi mutaxassisligi 1-kurs magistranti Xoldarova Gulsanam Akramjon qizi tashrif buyurdi. U institut talaba-qizlariga o‘zining Kimyo fani bo‘yicha ilmiy izlanishlari, yutuqlari va istiqboldagi rejalari haqida so‘zlab berdi.