Yangiliklar


31.10.2024

🌱 Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi qoshida tashkil etilgan Namangan viloyati "Yosh ekologlar harakati" kengashi aʼzolari bilan tanishing.

👩‍💻Gulshoda Axmadjonova-NamTSI talabasi

🧑‍💻Xusayn Tursunboyev-NamDU talabasi

👩‍💻Marjonabonu Halimova-NamDU talabasi

🧑‍💻Shaxzodbek Ibragimov-NamMTI talabasi

🧑‍💻Sindorbek Amriyev-NamMQI talabasi

🧑‍💻Abdulahad Mavlonov-NamDU talabasi

👩‍💻Namunaxon Fayzullayeva-NamDChTI talabasi

🧑‍💻Olimxon Mavlanxonov-NamTSI talabasi

👩‍💻Madinabonu Habibillayeva-NamDPI talabasi

🧑‍💻Azamjon Otaxanov-NamTSI talabasi

🧑‍💻Muhammad Ayyub Fazliddinov-NamDU talabasi

Kengash aʼzoligiga qabul qilingan faol talabalarni ushbu maʼsuliyatli vazifaga saylangani bilan samimiy qutlaymiz va ekologiya sohasida samarali faoliyat olib borishiga ishonch bildiramiz.

31.10.2024

Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining “Kar`yera Markazi” loyihasi doirasidagi uchrashuvlar

   2024-2025 o‘quv yili bitiruvchi talabalar uchun “Kar`yera Markazi” loyihasi doirasida 31-oktabr kuni institutning 4-kurs talabalari va Artsoft Holding MCHJ mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni institut prorektori J. Ergashev kirish so‘zi bilan ochib, talabalarni kelajakda muvaffaqiyatli muhandis-texnolog sifatida shakllanishga undadi va ularga ishlab chiqarishda o‘z bilimlarini qo‘llash bo‘yicha maslahatlar berdi.

  Artsoft Holding MCHJ vakillari, jumladan, kadrlar bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Ikramov talabalarni korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qildi. Talabalar o‘z savollariga javoblar oldilar va ishga kirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, dastlabki saralash jarayonlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

31.10.2024

Namangan to'qimachilik sanoati institutida kriptologiya boʻyicha olimpiadaning birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi

  Ishchi guruh vakillari, O'quv uslubiy bo'limi, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi hamda hakamlar hayʼati tomonidan olimpiadani adolatli va shaffof oʻtishi taʼminlandi.

  Olimpiadaning yakuniy  natijalarga koʻra quyidagi talabalar gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi :
1-o‘rin 14a-24 guruh talabasi Gulomjonov Davronbek Yoqibjon o‘g‘li;
2-o‘rin 15a-22-guruh talabasi Nabiyeva Dilnoza Dilshod qizi;
3-o‘rin 14a-24 Mamadaliyev Yaxyobek Yoqibjon  o‘g‘llari egalladi.

31.10.2024

Namangan toʻqimachilik sanoati institutida Smartex kompaniyasi tomonidan tadqiqotchilar, magistrantlar uchun “Texnologik jarayonlarga sun’iy intellektni qo’llash va raqamli texnologiyalarni to’qimachilik mahsulotlarini sifatini ta’minlashda ahamiyati” mavzusida o’quv seminar tashkil etildi.

 Unda toʻqimachilik sanoatidagi dolzarb masalalar, innovatsion texnologiyalar va raqamli transformatsiyaning ahamiyati muhokama qilindi. Tadbirning asosiy maqsadlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

▪️Texnologik yangiliklarni joriy etish: toʻqimachilik ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samaraliroq qilish uchun yangi texnologiyalarning imkoniyatlarini oʻrganish, bu texnologiyalar orasida raqamli boshqaruv tizimlari, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalari va sunʼiy intellekt asosidagi yechimlar.

▪️ Namangan toʻqimachilik sanoati instituti rektori professor Q.Xoliqov soʻzida, raqamli texnologiyalar va ulardan foydalanishning toʻqimachilik sanoatiga taʼsiri, jumladan, ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi, sifat nazorati va logistika operatsiyalarini raqamli boshqarish kabi mavzularni koʻrib chiqish boʻyicha aytib oʻtdi.

30.10.2024

Namangan to‘qimachilik sanoati institutida 2024-yil 30-oktabrda o‘tkazilgan seminar-treningda sog‘lom turmush tarzi va xotin-qizlar salomatligi mavzulariga alohida e'tibor qaratildi.

  Mazkur tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar, xususan, Namangan viloyati tibbiyot birlashmasi reproduktiv salomatlik markazi vakili L.Uralova va markaz terapevt vrachi Z.Majidova hamda Namangan viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakili N. Mamadaliyeva talaba-qizlar bilan uchrashib, ularni sog‘lom turmush tarzi haqida kengroq ma'lumot bilan tanishtirdilar.

  Seminar davomida quyidagi mavzular yoritildi:

- Xotin-qizlar salomatligini saqlash va mustahkamlash: Reproduktiv salomatlik bo‘yicha muhim masalalar, ayollar salomatligini saqlashning muhimligi, profilaktik tadbirlarning roli.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish: Sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va psixologik barqarorlikning salomatlikka ta'siri. Yoshlarga turli zararli odatlardan saqlanishning ahamiyati tushuntirildi.

 

30.10.2024

Kasbiy Ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g’risida vazifalar muhokama qilindi!

  28-30-oktyabr kunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-158-son Farmoni ijrosi doirasida 28- 30-oktyabr kunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-158-son Farmoni ijrosi doirasida Namangan shahar 2-son Politexnikumi , Kosonsoy tumani 3-son Politexnikumi, To’raqo’rg’on tuman 2-son Politexnikumi, Kosonsoy tumani 1-son Politexnikumi, Uchqo‘rg’on tumani 1-son Politexnikumi, Namangan tumani 2- son Politexnikumi, Pop tumani 2-son Politexnikumi, Namangan tumani 1-son Politexnikumi, Chortoq tumani 2-son Politexnikumi, Mingbuloq tumani 2-son Politexnikumi, Chortoq tumani 2-son Politexnikumi direktorlari va soxa bo'yicha o'rinbosarlsari Namangan To'qimachilik Sanoati Institutiga tashrif buyurdilar.

29.10.2024

"Munozara" o‘yinining final bosqichi o'tkazildi!

  Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida tashkil etilgan "Munozara" o‘yinining final bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarimizda ilmiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, muloqot madaniyati va jamoaviy ruhni mustahkamlashdir.

28.10.2024

Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

   Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

28.10.2024

O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushiriladi

   2025-yilning 1-yanvaridan boshlab faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan mazkur platforma orqali barcha foydalanuvchilar ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda bepul taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi. Davlat xizmatchilari esa, maxsus o‘quv kurslarida har 3 yilda bir marta majburiy malaka oshiradilar.

28.10.2024

“Kitob mening do‘stim”

  Namangan To'qimachilik Sanoati Institutimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 361-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan “Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 

28.10.2024

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

  Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

28.10.2024

Kasbiy Ta'limni Rivojlantirish Yuzasidan Vazifalar Muhokama Qilindi!

  Bugun, 28-oktyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-158-son Farmoni ijrosi doirasida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 2-son politexnikumi maktabi direktori Qayumova Gulchexra Maxammadjonovna Namangan To'qimachilik Sanoati Institutiga tashrif buyurdi.

26.10.2024

“Yashil Makon” Umummilliy Loyihasi

   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi”, 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonida tatbiq etilishi belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturlarida atrof muhit obʻektlarini (havo, suv, er, tuproq, er qaʻri, bioxilma-xillik, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar) inson taʻsiri hamda boshqa salbiy taʻsir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini taʻminlash hamda sanoat ishlab chiqarishi, urbanizatsiya koʻlami keskin kengayishi va aholi punktlariga tushayotgan ekologik yukni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshirish kirtilgan.

26.10.2024

Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bozori talabiga mos yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

  Har yili mamlakatimizda 200 mingdan ziyod yoshlar oliy ta’lim muassasalarini tugatib O‘zbekiston mehnat bozoriga kirib keladi. Ularning bandligini ta’minlash, mutaxassisligidan kelib chiqib ish o‘rinlari yaratish hozirgi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

  O‘tgan davrda ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Namangan to‘qimachilik sanoati Institutida bir qator chora tadbirlar tuzilgan bo‘lib, “Dizayn” ta’lim yo‘nalishi, “Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi” hamda “Saodat sanoat serviz” ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda “Bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, Kar’yerani rivojlantirish” uchrashuvi o‘tkazildi.

  

26.10.2024

“Kar`yera markazi” loyihasi doirasidagi uchrashuv!

   Namangan Toʻqimachilik Sanoati Institutining 2024-2025 oʻquv yili bitiruvchi 4-kurs talabalari uchun “Kar`yera markazi” loyihasi doirasida muhim uchrashuv oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvda Sanoat muhandisligi yoʻnalishi talabalari ” NT Holding Home Textile “ korxonasining yetakchi mutaxassislari bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

26.10.2024

"Kar'yera Markazi" Loyiha Doirasidagi Uchrashuvlar

   Namangan to‘qimachilik sanoati institutida 2024-2025 o‘quv yilida bitiradigan 4-kurs talabalariga mo‘ljallangan “Kar'yera markazi” loyihasi doirasida. Uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni institutning Ilmiy va innovatsion ishlari bo‘yicha prorektori Z.Erkinov ochib, talabalar uchun olingan bilimlarni ishlab chiqarish korxonalarida namoyish etish zarurligini ta'kidladi.

25.10.2024

Kasbiy Ta'limni Rivojlantirish Yuzasidan Muhokama O‘tkazildi

  Bugun, 25-oktyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni ijrosi doirasida Namangan shahar 2-son politexnikumi direktori SH. Mamajanova Namangan to'qimachilik sanoati institutiga tashrif buyurdi.

25.10.2024

Toshbuloq paxta tozalash korxonasida 4+2 dasturi asosida amaliy mashg‘ulotlar

  Namangan To‘qimachilik sanoati institutida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangan 4+2 dasturi samarali joriy etilmoqda. Bu tizim talabalar uchun katta imkoniyatlar yaratib, nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish muhitida amaliyot bilan bog‘lashga qaratilgan.

23.10.2024

FVV Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda institutimizda oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.

  Mashgʻulot davomida boshqarma xodimlari talaba va tyutorlarga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yongʻin sodir bo‘lgan holatda xavfsiz harakatlanish rejasi, oʻt oʻchirish jarayoni va is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdilar.

23.10.2024

Namangan To'qimachilik Sanoati Institutida 4+2 Dasturining Samaralari

  Namangan To'qimachilik Sanoati Institutida joriy etilgan 4+2 dasturi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangan bo'lib, har bir ta’lim yo‘nalishi bo'yicha amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqarish korxonalarida o'tkazilmoqda. Bu tizim talabalar uchun muhim imkoniyatlar yaratmoqda.

23.10.2024

“Ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi”

  Toshkent shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimini transformatsiya qilish va ta’lim sifatini oshirish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda 20ga yaqin xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi. Ular ta’lim tizimini global miqyosda takomillashtirish bo‘yicha o‘z tajribalari va fikrlarini taqdim etishdi.

 

23.10.2024

“Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

   Joriy yilning 17–25-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

   Mazkur konferensiyada YUNESKOning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Sara El Attar, Buyuk Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakilligi direktori Deniz Voddingxem ishtirok etmoqda.

23.10.2024

Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?

  Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida manfaatlar to'qnashuvi va korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.

23.10.2024

Namangan toʼqimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

   Namangan toʼqimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi 2024-2025 oʼquv yili uchun institutning tarkibiy tarmoqlari bilan xamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʼlgan profilaktik tadbirlar boʼyicha ish-rejalari tuzilib, tasdiqlandi. Ish-rejaga asosan sentabr-oktabr oylari davomida jami 10 marotaba targʼibot ishlari olib borildi (3 marotaba davra suxbatlari, 2 marotaba seminar va 5 marotaba uchrashuvlar). Shundan 2 marotaba xuquq-tartibot idoralari xodimlarini jalb qilgan holda tadbirlar tashkil etildi. Targʼibot tadbirlariga jami 200 nafardan ortiq kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim yoʼnalishi talaba yoshlari, xamda 100 nafar professor-oʼqituvchilar va ishchi xodimlar ishtiroki taʼminlandi.

22.10.2024

Namangan Toʻqimachilik Sanoati Instituti Axborot-resurs markazi xodimi "INFOLIB O'ZBEKISTON-2024"da ishtirok etmoqda!

  Namangan Toʻqimachilik Sanoati Instituti Axborot-resurs markazi kutubxonachisi hozirda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida oʻtkazilayotgan "INFOLIB OʻZBEKISTON-2024" XIII Milliy kutubxona haftaligida faol ishtirok etmoqda.

  Ushbu haftalik kutubxona sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va kelajakdagi kutubxonachilik faoliyatiga oid muhim mavzularni muhokama qilish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

21.10.2024

NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTIDA XALQARO ILMIY- AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

   21-oktyabr kuni, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tomonidan “To‘qimachilik sanoatda innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarishdagi muammolar tahlili hamda sohani rivojlantirish istiqbollari va moliyaviy barqarorlikni takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

   Anjumanda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, ishlab chiqarish mutaxassislari, tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Ular tomonidan to‘qimachilik va yengil sanoat sohasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar, texnologik yechimlar va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha qiziqarli ma’ruzalar taqdim etildi.

 

21.10.2024

Namangan toʼqimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi tomonidan 2023-2024 oʼquv yilida amalga oshirilgan ishlar

    Namangan toʼqimachilik sanoati instituti rektorining 2023 yil 9 oktabridagi buyrugʼiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi tashkil etilib, faoliyat davomida sohaga oid boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa qonun osti meʼyoriy hujjatlar asosida faoliyat olib borilmoqda.

    Namangan toʼqimachilik sanoati institutida 2023-2024 oʼquv yili davomida jami 72 marotaba targʼibot ishlari olib borildi ( 35 marotaba davra suxbatlari, 12 marotaba seminar va 25 marotaba uchrashuvlar). Shundan 6 marotaba xuquq-tart ibot idoralari xodimlarini jalb qilgan holda tadbirlar tashkil etildi. Targʼibot tadbirlariga jami 1550 nafardan ortiq kunduzgi va sirtqi taʼlim yoʼnalishi talaba yoshlari, xamda 226 nafar professor-oʼqituvchilar va ishchi xodimlar ishtiroki taʼminlandi.

    Talabalar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid 6 ta videorolik tayyorlanib, institutning rasmiy kanaliga joylashtirildi,2 marotaba “STOP KORRUPSIYA” chellenji oʼtkazildi. Boʼlim xodimi tomonidan Korruptsiya mavzusi boʼyicha 2 marotaba maxalliy OАVlarida chiqish qilindi hamda, 2 marotaba ushbu mavzuda viloyat gazetalarida institut rektorining maqolasi chop etildi.

    2023-yil oktabr oyida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha “Talaba yoshlar klubi” tashkil etildi. Jami 21 nafar aʼzosi faoliyat yuritadi.

    2024 yil 26-fevralь sanasida institut rektorining 42-sonli buyrugʼi bilan, Namangan toʼqimachilik sanoati institutida “Аksilkorrupsiya kovorking markazi” tashkil qilindi.

    9-dekabrь “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan“Аksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Biz korrupsiyasiz taʼlim tarafdorimiz!” mavzusi boʼyicha insholar tanlovi, “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusi boʼyicha rasmlar tanlovi va “Zakovat” intelektual musobaqalari tashkil etildi. Jami 32-nafar gʼolib talabalar 19 mln 700 ming soʼm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

    Jamoat faollari, maxalla vakillari, OАV bilan xamkorlikda 3 marotaba ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

    Professor-oʼqituvchilar va talabalar oʼrtasida jami 4-marotaba anonim soʼrovnoma oʼtkazildi.(2 marotaba Vazirlik tomonidan, 2 marotaba Boʼlim tomonidan). Soʼrovnoma xulosasi institut rektoriga taqdim qilindi. Kengashning 8-yigʼilishida tegishli masʼullar bilan muxokama qilindi.

    Shuningdek, oʼtgan davr mobaynida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-200 sonli farmonidagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 13 ta dissertatsiya ishi himoyasi, Yakuniy Davlat atestatsiya imtixonlari institutning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida toʼliq translyatsiya qilib borildi.

    Oʼz navbatida institutda korrupsiyaviy harakatlarning sodir etilishini oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida ijtimoiy tarmoqdagi @NamTSI_karrupsiya_bot kanali hamda (93)-677-26-77 (55)-255-43-04 ishonch telefonlari uzluksiz faoliyat olib bormoqda

    Boʼlimning aralashuvi bilan Institutning ichki tartib qoidalarini qoʼpol ravishda buzgan 6 nafar xodim mexnat shartnomalari bekor qilindi. Oʼquv yili davomida talabalar tomonidan 4 marotaba ariza bilan murojaat qilindi. Oʼrganuv jarayonida arizada koʼrsatilgan barcha vajlar oʼz tasdigʼini topdi. Oʼz navbatida institut rektori tomonidan tegishli masʼullarga ogoxlantirishlar berildi.Bir nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, boshqa ishga oʼtkazildi.”Toʼqimachilik mashinalari”fakultetida gurux jurnalini yuritish, saqlash qoidalarini qoʼpol tarzda buzgan masʼullarga tegishli tartibda choralar koʼrildi.

21.10.2024

Namangan to'qimachilik sanoati instituti "Mushoira" klubi koordinatori Gulshoda Axmadjonova tashabbusi bilan 21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan" kun munosabati bilan #Ona_tilim xeshtegi ostida chellenj o'tkazildi.

   Ushbu chellenjning maqsadi talabalar o'rtasida ona-tiliga bo'lgan muhabbatni oshirish, o'zbek tilini targ'ib qilish va oliy ta'lim muassasalarida ona-tilimizning naqadar boy va go'zal ekanligini yana bir bor eslatishdir. Tilimiz, millatimizning ajralmas qismi, bizning madaniyatimiz, an'analarimiz va tariximizni ifoda etuvchi vositadir.

21.10.2024

Talaba-qizlar o'rtasida zakovat intelektual turniri o'tkazildi.

   Joriy yilning 21-oktyabr kuni Namangan to'qimqchilik sanoati instituti xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Zahroxon Umarova tashabbusi bilan "21-oktyabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!" munosabati bilan talaba-qizlar o'rtasida zakovat intelektual turniri o'tkazildi.

 

21.10.2024

#Stop_korrupsiya heshtegi ostida chellenj

   Namangan to‘qimachilik sanoati instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplaens nazorati” tizimi doirasida Stop_korrupsiya xeshtegi ostida chellenji o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirda institut rahbar-xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

   

21.10.2024

Assalomu alaykum, hurmatli talabalar va hamkasblar!

   Bugun, 21-oktyabr, O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida barchamiz uchun alohida ahamiyat kasb etadigan muhim sana. 1989-yilda O'zbekiston Respublikasida ona tilimiz — O'zbek tilining davlat tili maqomi e'lon qilinishi milliy o'zligimizni anglash va mustaqil davlat sifatida o'z o'rnimizni belgilashda katta qadam bo'lgan edi.

   O'zbek tili nafaqat milliy madaniyatimiz va urf-odatlarimizning asosi, balki xalqimizning ruhiyatini, tarixini va intellektual merosini ifodalovchi muhim unsurdir. Til bu bizning milliy o'zligimiz, dunyo sahnasida o'z ovozimiz bilan chiqishimizga yordam beradigan qudratli vositadir.
   Bugungi kunda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan til siyosati yanada rivojlantirilib, O'zbek tilining xalqaro maydondagi nufuzi ortib bormoqda. Yangi avlod ilm-fan, texnologiya, san'at va madaniyat sohalarida ona tilimizda bemalol so'zlashish imkoniyatiga ega bo'lib, zamonaviy bilimlarni o'zlashtirib kelmoqda.

   Hurmatli hamkasblar va aziz talabalar, sizlarni bugungi bayram bilan chin yurakdan tabriklayman. Ona tilimizning nufuzi va mavqeini yanada ko'tarish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishda barchamizning hissamiz katta bo'lishiga tilakdoshman.
   Ona tilimiz barhayot, bizning ruhimiz tirik!

   Bayram muborak bo'lsin!

   Hurmat bilan, Namangan to'qimachilik sanoati instituti rektori, professor Qurbonali Xoliqov Madaminovich

21.10.2024

Olmaliq Muhandislik Maktabiga Tashrif: Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti Rektori va Soha Vakillarining Tajriba Almashinuvi

  Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti rektori boshchiligida prorektorlar, kafedra mudirlari va soha vakillari 18-oktyabr kuni TDTUning Olmaliq filialiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi muhandislik maktablarini tashkil etish va faoliyatini rivojlantirish ta’limni ishlab chiqarishga integrasiyalash orqali ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish.

 

19.10.2024

"Sening ovozing muhim!" Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

   Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida talabalarga siyosiy bilimlarni oshirish va saylov madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida "Sening ovozing muhim!" mavzusida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

  Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad – talabalar orasida saylov jarayoni, fuqarolik burchlari va siyosiy jarayonlarning ahamiyatini tushuntirish, shuningdek, ularni kelgusi saylovlarda faol ishtirok etishga undash edi.

 

19.10.2024

“Yoshlar oqshomi” tadbiri: Talabalar uchun ijod va bayram kechasi

   Namangan Toʻqimachilik Sanoati Institutida talabalar uchun “Yoshlar oqshomi” nomli madaniy tadbir o‘tkazildi. Kecha davomida turli ijodiy chiqishlar, “Osh tanlovi” va liboslar ko‘rgazmasi namoyish etilib, talabalar o‘z iste’dodlarini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldilar.

  Tadbirning asosiy maqsadi talabalar hayotini madaniy jihatdan boyitish va ijodkor yoshlarga o‘z qobiliyatlarini namoyon qilish uchun sahna yaratish edi.

 

18.10.2024

Ijara honadonidagi talabalarga madaniy hordiq: “Kino kechasi” loyihasi o’tkazildi

   Namangan To’qimachilik Sanoati Instituti tyutorlari K. Sotvoldiyev va Sh. Saydullayev tashabbusi bilan talabalar uchun “Kino kechasi” loyihasi tashkil etildi. Ushbu loyiha talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy hordiq olishlariga ko‘maklashish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratildi.

 

18.10.2024

“Green Games” xalqaro ekologik oʻyinlari doirasida Eko Zakovat turniri bo‘lib o‘tdi

  Namangan viloyati Yosh ekologlar harakati, Namangan To’qimachilik Sanoati Instituti yoshlar bilan ishlash bo‘limi va axborot resurs markazi hamkorligida, talabalar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va intellektual salohiyatni rivojlantirish maqsadida “Green Games” xalqaro ekologik o‘yinlari doirasida Eko Zakovat turniri muvaffaqiyatli tashkil etildi.