25.11.2024
Tanlovda barcha oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari qatnashishlari mumkin. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Birinchi bosqichda ishtirokchilar bugungi zamonga mos milliy, zamonaviy, yoshlarga xos milliy libos obrazida 1 daqiqali qisqa video tayyorlab, Instagramdagi @uzbekligim_ va @eduuzofficial sahifalarini belgilagan holda oʻz sahifasiga joylashtirishi kerak. Video materiallar 25-noyabrdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi.
Ikkinchi bosqichga saralab olingan tanlov ishtirokchilari tanishtiruv, viktorina, chuchvara tugish va adabiy-badiiy chiqish kabi shartlarda bellashadilar.