Ijodkor talaba-yoshlar diqqatiga!





   Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi Telegram kanalida yangi loyiha! Endilikda ijodkor talaba-yoshlar uchun yangi “Talaba – media” loyihasi e’lon qilindi. Mazkur loyiha doirasida iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan quyidagi yo‘nalishlardagi ijodiy ishlar doimiy ravishda berib boriladi:

 

Talaba-yoshlarni ilm olishga targ‘ib qiluvchi videolar;
Talabalar hayotidan kayfiyat ulashuvchi lavhalar;
Kreativ foto-reportajlar va foto-hikoyalar;
Talabalar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar;
Ifodali she’r, hikoya va monologlar;
Kreativ mobilografiya videolari;
Talabalar ijrosida qo‘shiqlar.

  Loyihada ishtirok etish uchun mazkur yo‘nalishlardan biridagi ijodiy ishingizni @talabamediabot manziliga yuboring. Eng yaxshi materiallar saralanib, Telegram sahifamizga joylanadi. Har oy yakunida esa, eng yaxshi ijodiy ish egalari e’tirof etiladi.

  Loyihada ishtirok etish @talabamediabot manziliga yuboring. Eng yaxshi materiallar saralanib, Telegram sahifamizga joylanadi. Har oy yakunida esa, eng yaxshi ijodiy ish egalari e’tirof etiladi.

“Talaba – media” loyihasi orqali o‘z ijod namunangizni ommalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ling.