Akademik registrator ofislari: talabalarga 40 ga yaqin xizmat turi





   Bugungi kunda ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida Akademik Registrator Ofisi faoliyat yuritib, talabalarga keng ko‘lamli, 40 ga yaqin turdagi xizmatlar ko‘rsatayotgan markazlashgan bo‘linma sifatida o‘z o‘rnini topmoqda.

 


# # # #

   Registrator ofisining asosiy vazifalari talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” ma’lumotlar bazasini shakllantirish va uni muntazam ravishda yangilab borish, transkriptlarni yuritish hamda ularga talabalarning baholarini kiritish, bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va taqdim etish, shuningdek, talabalar kontingenti bo‘yicha batafsil statistika yuritishni o‘z ichiga oladi.

   Xususan, Namangan to‘qimachilik sanoati institutida ham registrator ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yib, talabalarga ushbu xizmatlardan to‘liq va samarali foydalanish imkonini yaratgan. Bu bo‘linma orqali talabalar o‘z hujjatlarini ishonchli va tezkor tarzda rasmiylashtirib, o‘z ma’lumotlarini doimiy nazorat qilib borish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.