https://namspi.uz/uploads/57060ec06c58be2dfcfe63eb53efb149.jpg
27-28-mart kunlari Namangan to'qimachilik sanoati institutida “Tikuv-trikotaj sanoatida innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarishdagi muammo, tahlil va sohani rivojlanish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi.
Konferensiyaning ilmiy yo‘nalishlari:
1️⃣ Innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirish chora tadbirlari, tikuv-trikotaj sanoatida kadrlar tayyorlashning innovatsion yondashuvlari;
2️⃣ Tikuv-trikotaj va yengil sanoat sohasida turli assortimentlarni yangi dizayni va texnologiyasini yaratish;
3️⃣ Tikuv-trikotaj sanoatida innovatsion texnologiyalar hamda charm va mo’yna buyumlari dizaynini yaratishda kreativ yondashuvlar;
4️⃣ To’qimachilik va yengil sanoatda innovatsion texnologiyalar;
5️⃣ Paxtani dastlabki ishlash va to’qimachilik sohalarini integratsiyalash hamda ulardagi texnologik jarayonlarga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish;
6️⃣ Ipakchilik sanoatini rivojlantirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish istiqbollari;
7️⃣ Paxta, to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari sifatini xalqaro standartlar asosida baholash va boshqarishning innovatsion yechimlari.
Konferensiyaning rasmiy tillari: o’zbek, rus va ingliz.
Maqolalar qabul qilish muddati 2024 yil 23-martga
Telegram guruh havolasi
https://t.me/ysmktrespublikakonferensiya2024
Maqolalarning har biri uchun mualliflar 40 000 (qirq ming) so’m miqdorda tashkiliy badal mablag’larini to’lashlari lozim.
Aloqa o’rnatish uchun telefonlar :
+998943073947 PhD, Maqsudov N.B.
+998941573812 Dadamirzayev B.B.
Tashkiliy qo’mita manzili: Namangan shahar, «Gulobod» MFY, Janubiy aylanma yo‘li ko‘chasi, 17-uy.