Iqtidorli talabalar va magistrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari uchun hujjatlar qabuliga start berildi.





O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda  nomli davlat stipendiyalarining OTM bosqichida talabgorlardan qabul qilinadigan hujjatlar roʻyhati:

 


#

1. Hemis tizimidan baholash qaydnomasi (transkript)
2. Dekanat va kafedra tavsiyanomasi
3. Ilmiy rahbarining xulosasi va tavsiyanomasi
4. Ilmiy ishlar ro'yxati tasdiqlangan holatda
5. Qo‘shimcha yutuqlar ro‘yxati tasdiqlangan holatda (turli tanlov va olimpiadalarda erishilgan yutuqlar)
6. Ilmiy -ijodiy ishlarning elektron nusxalari
7. Erishgan qo'shimcha yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo'lsa)
8. Pasport kopiyasi
9. Ma’lumotnoma (obyektivka)
  Hujjatlarni joriy yilning 13-iyul sanasiga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga topshiriladi ...

STIPENDIYA NIZOMI 

Qo'shimcha ma'lumot uchun: (94)-566-95-98