https://namspi.uz/uploads/b2b9002217cef7d6407a89298256db3c.jpg
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi”, 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonida tatbiq etilishi belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturlarida atrof muhit obʻektlarini (havo, suv, er, tuproq, er qaʻri, bioxilma-xillik, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar) inson taʻsiri hamda boshqa salbiy taʻsir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini taʻminlash hamda sanoat ishlab chiqarishi, urbanizatsiya koʻlami keskin kengayishi va aholi punktlariga tushayotgan ekologik yukni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshirish kirtilgan.
Shu munosabat bilan "Yashil makon" umumiy loyihasi doirasida Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida ekologik muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish islari amalga ishitildi. Bu tashabbus professor o'qituvchilar va talaba yoshlar o'rtasida atrof-muhitga bo'lgan e'tiborni oshirish, yashil makon yaratishga hissa qo'shish, shuningdek, institut hududini obodonlashtirishga yo'naltirilgan. Tadbirda institut hodimlari va talaba yoshlari faol ishtirok etib, daraxt ekishning muhimligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.
Davlatimiz rahbari taʻkidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʻtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz er va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishimiz zarurdir.