📌 Tanlov shartlari:
- Tanlovga ilmiy maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
- Ilmiy maqolaning matni Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, 1 intervalda, yuqori, past, chap va o‘ng tomondan 2 sm hoshiya bilan yozilishi kerak. Umumiy hajm: 5-6 bet.
📌 Maqola rasmiylashtirish talablari:
- Maqola mavzusi — o‘zbek, rus va ingliz tillarida yoziladi.
- Muallif ma’lumotlari: F.I.Sh., oliy ta’lim muassasasi nomi, ta’lim bosqichi (bakalavr/magistr), ta’lim kursi, elektron pochta va telefon raqami.
- Qisqacha mazmuni/annotatsiya: o‘zbek, rus va ingliz tillarida (4-5 qator).
- Kalit so‘zlar: 6-10 ta (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
📌 Maqola tuzilishi:
- Kirish
- Asosiy qism
- Xulosalar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (alifbo tartibida)
📌 Adabiyotlarga murojaat qilish:
Matnda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxat tartibida, raqamlanib, kvadrat qavsda keltiriladi.
Tanlov uchun maqolalar 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
Eng yaxshi deb baholangan maqolalar tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun taqdim etiladi.
Respublika bosqichi gʻoliblari Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin: 7 mln soʻm
2-oʻrin: 6 mln soʻm
3-oʻrin: 5 mln soʻm
📞 Murojaat uchun: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi (https://t.me/ntsi_iqtidorlari)