Xorijiy abiturientlarga


01.09.2023

Namangan to'qimachilik sanoati institutida talabalarni baholash tizimi

Namangan To‘qimachilik Sanoat Institutida ta‘lim jarayonlari kredit-modul tizimda tashkil etilgan bo‘lib. Bakalavariaturada talabalar 4 yil mobaynida umumiy 240 kreditni to‘plashlari talab etiladi. Har bir smester uchun 30 kredit moduli to‘planishi va minimal baholash tizimidan yuqori baho yig‘ish talab etiladi.

05.09.2024

XORIJIY TALABALARNI JALB QILISH BO‘YICHA ELCHILAR

Namangan to‘qimachilik sanoati institutiga xorijiy talabalarni jalb qilish bo‘yicha Elchi.

1. AMIR RAMZAN CHAUDHRY

Tug‘ilgan joyi: Faisalabad, Pokiston.

Telefon raqamlari: +923008469233, +8801711951692, +998977390024.

E-mail : amirramzangujjar@gmail.com

2. Brig Muhammad Ilyas, SI(M) retd

Tug‘ilgan joyi: Ravalpindi, Pokiston.

Telefon raqamlari: 051-5737423
Cell: 0321-5107488

E-mail: ilyas233@googlemail.com

20.06.2024

Namangan to‘qimachilik sanoati institutiga xush kelibsiz!

Namangan to’qimachilik sanoati institutiga qabul O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan. (Batafsil ushbu havolada: www.lex.uz).

Xorijiy fuqarolar Namangan to‘qimachilik sanoati institutiga to’lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. To‘lov-kontrakt miqdori ta’lim bosqichi va ta’lim yo‘nalishidan kelib chiqib belgilanadi.

O’quv jarayonlari ingliz yoki rus tillarida tashkil etiladi.

Talabalarga Institutning Registrator ofisi tomonidan turar-joy tanlash va joylashish bo'yicha konsultatsiya va yo'riqnoma beriladi. 

Institutning bakalavriat bosqichiga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga muvofiq bo‘lgan ma’lumotga ega xorijiy fuqarolar qabul qilinadi.

Institutning magistratura bosqichiga oliy ta'lim yoki unga tenglashtirilgan ta’limi ma’lumotiga ega xorijiy fuqarolar qabul qilinadi.
Institutga xorijiy fuqarolarni qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1. Hujjatlar topshirish.
Joriy yilning 14-dekabrga qadar quyidagi havola orqali hujjatlarni topshirish mumkin: TOPSHIRISH

2. Og'zaki suhbat.
Joriy yilning 15-dekabr kunidan boshlab onlayn yoki offlayn tarzda Qabul komissiyasi tomonidan tanlangan ta'lim yo'nalishi bo'yicha og'zaki suhbat o'tkaziladi.  

Suhbat natijasiga ko'ra xorijiy abituriyentlar Institutda o'qish uchun tavsiya etiladi. Natijalar abituriyentlarning shaxsiy Email-pochtasiga yuboriladi. 

Institutga o‘qish kirish bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin:
Bo‘lim boshlig‘i Ahadjon Turaboyev, Tel.: +998901300051 (WhatsApp, Telegram, WeChat), Email: akhadjon.turabayev@gmail.com

TOPSHIRISH