Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti talabalarining ijodiy sa’y-harakatlari natijasida jajji bolajonlarimiz uchun yaratilgan “Bolajonlar - Shirintoylar” nomli ajoyib liboslar kolleksiyasi taqdimot tadbiri boʻlib oʻtdi.





Tadbirni institut rektori, professor Qurbonali Xoliqov kirish soʻzi bilan ochib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Talabalarimizning ijodiy ishlari nafaqat ularning salohiyatini, balki institutimizning yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashdagi yuksak maqsadlarini aks ettiradi. Ushbu kolleksiyalar milliy va zamonaviy qadriyatlarning uyg‘unligini namoyon etadi. Bugungi tadbir talabalarning mehnatiga berilgan yuksak eʼtibordir,”

 


# # # # # # # # # # # # # # # # # # #

Tadbir davomida quyidagi libos kolleksiyalari namoyish etildi:

"Jajji Malikalar" – bolalar uchun nafis va zamonaviy kechki liboslar.

"Kuz Shatlankasi" – kuz faslining go‘zalligini ifodalovchi rang-barang liboslar.

"Zamonaviy Cho‘pon" – milliy uslubni zamonaviy elementlar bilan uyg‘unlashtirgan to‘plam.

"Jozibali Malikalar" – qizaloqlar uchun bayramona va jozibador liboslar.

"Qor Parchalar" – qish mavzusidagi nozik va nafis liboslar.

"Ertaklar olami" – ertak qahramonlarini eslatadigan ijodiy kiyimlar.

"Quvnoq mevalar" – bolajonlarning zavq-shavqini oshiradigan yorqin va o‘ziga xos liboslar.

Kolleksiyalar taqdimoti davomida talaba qizlar tomonidan raqslar tashkil etilib, tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlandi.

Tadbir yakunida faolligi va namunali xulqi bilan ajralib turgan talabalar taqdirlanib, ularning ota-onalari va talabalarga tashakkurnomalar topshirildi. Ushbu talabalar institutimizning faxri bo‘lib, o‘z mehnati va fidoyiligi bilan barchaga o‘rnak bo‘lishdi.