https://namspi.uz/uploads/758ccd4953e91dbdeef9d9541efb52c5.jpg
Oliygohimizda Namangan viloyati Yoshlar ishlari agentligi va Namangan viloyati sport boshqarmasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlarning intellektual rivojlanishi va shaxmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida, “Tafakkurning 64 nuqtasi” nomli shaxmat bo‘yicha master-klass tashkil etildi.
Master-klass davomida:
- Tajribali shaxmatchilar tomonidan o‘yin strategiyalari bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.
- Shaxmatning tafakkur, mantiqiy tahlil va tezkor qaror qabul qilishdagi o‘rni haqida tushuntirish berildi.
- Ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar va o‘zaro do‘stona o‘yinlar tashkil etildi.
- Tashabbuskor talabalar Uzchess ilovasida roʻyhatdan o'tkazildi.
Bu kabi tadbirlar nafaqat shaxmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, balki yoshlarning tafakkurini kengaytirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish va ularni yangi marralarga ilhomlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.