#Korrupsiya





2024-yil 18-dekabr kuni “To‘qimachilik dizayni” fakulteti 2a-24 va 1a-24 guruhlari talabalari bilan “Yoshlarda korrupsiyaga qarshi toqatsizlik munosabatini shakllantirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Davra suhbati davomida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat”tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov ishtirok etib, talabalar o‘rtasida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, eng asosiysi qonun talablariga to‘la rioya etishlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarni berib o‘tdi. Agar talabalar ta’lim jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat”tizimini boshqarish bo‘limiga murojaat qilishliklari mumkinligi tushuntirildi.

 


# # # # # #

O‘z navbatida institutda korrupsiyaviy harakatlarning sodir etilishini oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ijtimoiy tarmoqdagi @NamTSI_karrupsiya_bot kanali hamda (93)-677-26-77 (55)-255-43-04 ishonch telefonlari uzluksiz faoliyat olib borishi ta’minlanganligi ta’kidlandi. Telegram bot kanallari orqali kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida, tezkorlik bilan belgilangan tartibda o‘rganib chiqishligi aytib o‘tildi.

 Uchrashuv so‘ngida Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan korrupsion illatlarning zararli oqibatlarini aks ettiruvchi hamda talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi kurash g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi video roliklar namoyish etildi.