https://namspi.uz/uploads/942bd149977c07cfc8ba5e9105665bfa.jpg
💠2024-yil 16-18-dekabr kunlari Namangan to‘qimachilik sanoati institutiga Qirg‘iziston Respublikasining Batken davlat universitetining Qizil-Qiya texnologiya, iqtisod va huquq instituti direktori Sultanali Zulpiyev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad dizayn ta’lim yo‘nalishida akademik mobillik dasturini amalga oshirish bo‘ldi.
Tashrif davomida talabalarga Namangan to‘qimachilik sanoati institutidagi o‘quv jarayonlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar, To‘qimachilik texnoparki, Senov sertifikatlash markazi, Dizayn studiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Tashrifning ikkinchi qismida ikki OTM dizayn yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilgan hamda soha bo‘yicha eng so‘nggi yutuqlar va erishilgan natijalar bo‘yicha fikr almashinildi.
Namangan to‘qimachilik sanoati instituti rektori Qurbonali Xoliqov bilan uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish, birgalikda xalqaro konferensiya, seminarlar, o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichi talabalari uchun ilmiy rahbarlik ishlarini yo‘lga qo‘yish kabi sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.