https://namspi.uz/uploads/7223f2997822840956663bf0b69ddc2d.jpg
Yo‘ldashxon Yunusxon o‘g‘li 2024-yil 9-noyabrdan 2024-yil 17-dekabrga qadar Hindiston hukumatining Koimbatore shahridagi SITRA (South India Textile Research Association) tomonidan tashkil etilgan “Texnik to‘qimachilikning rivojlanayotgan sohalari” mavzusidagi kursda ishtirok etmoqda. U mazkur kursda Hindistonning ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi doirasida 38 kun davomida ilmiy stajirovkadan o‘tib, texnik to‘qimachilikning zamonaviy yondashuvlari, yangi texnologiyalar va ularning sanoatdagi tatbiqi bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tajribasini o‘rgandi.
Mazkur stajirovka davomida Jo‘rayev Yo‘ldashxon ilmiy izlanishlar olib borish, texnik to‘qimachilikda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, hamda xalqaro tajribani mahalliy sanoatga joriy etish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, u Hindiston va boshqa mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini ham o‘rgandi.