Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida 2-bosqich 2B-23 guruhining imkoniyati cheklangan talaba qizlari uchun dizayn kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Sheraliyeva tomonidan darsdan tashqari ustoz-shogird mashg‘ulotlari tashkil etildi.





Ushbu mashg‘ulotlarda talaba qizlar tikish-bichish ishlarini mustaqil ravishda amaliyotda bajarib, kasbiy mahoratini oshirmoqda.

 


# # #

Bu tashabbus ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga va mustaqil ish faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qilmoqda.