"Ma'naviyat Kubogi" – Talabalar O‘rtasida Sport va Ma’naviyat Bayrami!





Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida talabalar o‘rtasida "Ma'naviyat Kubogi" doirasidagi sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu tadbir yoshlarni sog‘lom turmush tarziga undash va jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 


# # # # # # # #

Tadbir institutning birinchi prorektori Jamshidbek Yuldashev kirish so‘zi bilan ochilib, yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom turmush tarzini tanlashga undadi.
"Sport - bu kuchli iroda va intizomning asosi. Talabalarimiz jismonan sog‘lom va ma’naviy boy bo‘lishi zarur," - dedi Yuldashev.

⚽️Futbol bahslari:
Futbol bo‘yicha bahslar shiddatli va hayajonli o‘tdi. Talaba-jamoalar g‘oliblik uchun kurashib, o‘zlarining jismoniy va taktik mahoratlarini namoyish etishdi.
"Ma'naviyat Kubogi" yoshlarning sog‘lom va faol hayot tarzi orqali jamiyatga ijobiy hissa qo‘shishlari uchun rag‘batlantiruvchi platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

📢 Musobaqalar davom etmoqda! Final bosqichlariga guvoh bo‘ling va yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlang!