Yurakni madh etgan sado!





10-dekabr kuni Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.


# # # # # # #

Institut rektori Qurbonali Xoliqov:
“Davlat madhiyasi – bu milliy g‘ururimiz, vatanparvarlik va birlik timsolidir. Ushbu madhiyada xalqimizning mustaqillik va farovonlikka bo‘lgan intilishi aks etgan. Biz yoshlarni ilm-fanga, ijodkorlikka yo‘naltirishimiz, ularning maʼnaviyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak. Maʼrifatli va maʼnaviyatli yoshlar – Vatanimiz kelajagining tayanchi.”

Professor-o‘qituvchilar va xodimlar davlat madhiyasini jonli ijroda kuylab, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlashdi.
Tadbir davomida davlat madhiyasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhini singdirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Bu kun xalqimizning maʼnaviy boyligi va milliy birligini mustahkamlash yo‘lida yana bir esda qolarli qadam bo‘ldi.