https://namspi.uz/uploads/0e230ee996b9a51e5350f9eae082697d.jpg
Namangan To‘qimachilik Sanoati Instituti delegatsiyasi Tojikiston Respublikasining Tojikiston Texnika Universiteti Isfara filialida bo‘lib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tashrif tafsilotlari:
NamTSIning:
“Trikotaj texnologiyasi” kafedrasi mudiri dotsent M.M. Mirxo‘jayev,
“Ilmiy-tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Nuriddin Karimov,
“Ijtimoiy-iqtisodiy va sport” kafedrasi assistenti Z.T. Zokirovlar Tojikiston Texnika Universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuv davomida:
Akademik mobillik asosida talabalar almashuvi yo‘lga qo‘yildi;
Qo‘shma va dual ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi;
Birgalikda ilmiy izlanishlar olib borish va maqolalar chop etish bo‘yicha kelishuvga erishildi;
Ilmiy seminar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etishga kelishildi.
Memorandum imzolandi:
Mazkur kelishuv ikki muassasa o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, talaba va o‘qituvchilarning salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Hamkorlikning maqsadi:
Ushbu hamkorlik to‘qimachilik sohasida yangi izlanishlarni rivojlantirish, bilim almashish va ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.