https://namspi.uz/uploads/3eb2fac2d3fdc678238359673530aeac.jpg
Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Yuldashev Jamshid, tyutorlar va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Adhamjon Qurbonov birgalikda ijara xonadonlarida istiqomad qiluvchi talaba-yoshlarning ijtimoiy muhitini o‘rganish va yaxshilash maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlariga tashrif buyurishdi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar:
- Ijara xonadonlarda yashovchi talaba-yoshlarning yashash sharoitlari;
- Ijtimoiy muhitni yaxshilash va talabalarning muammolariga yechim topish;
- Mahalla ispektorlari va raislari bilan hamkorlikda talabalarning ijtimoiy muhitini tahlil qilish.
🖇 Tashrif qilingan mahallalar:
▫️ Umid MFY
▫️ Mustaqillik MFY
▫️ Elobod MFY
▫️ Gulobod MFY
▫️ Irvadon MFY
▫️ To‘quvchi MFY
▫️ Xalqlar Do'stligi MFY
Shuningdek, mahalla faollari va inspektorlar bilan birgalikda talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.